Karta quyidagi manzildan olinadi: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5 (Toshkent shahar hududiy BXOsi) yoki yashash hududingizdagi eng yaqin Bank xizmatlari markazi/kassasidan.
O‘zingiz bilan pasport yoki haydovchilik guvohnomasini olib keling.

Karta 4 yil muddatga beriladi. Hujjatlar talab qilinmaydi, kafillar shart emas, bankka borish ham kerak emas.
Visa xalqaro to‘lov tizimi asosida ishlaydi:
— mehmonxonalarni bron qilish;
— chet elda to‘lovlarni amalga oshirish;
— depozitsiz avtomobil ijarasi va boshqalar.
To'lov jadvali
Bank kartasining turi:
Visa Classic (milliy valyutada)
Kartani chiqarish va unga xizmat ko‘rsatish:
bepul
Kredit limiti:
2 000 000 so‘mdan 100 000 000 so‘mgacha
Yillik foiz stavkasi:
26,9 %
Bunda kredit limiti tovar va xizmatlar uchun ishlatilgan qismiga, kelgusi oyning 25-sanasigacha to‘liq qaytarilgan taqdirda foizlar olinmaydi
To‘lov kuni:
26,9 %
Foizlar hisoblanmaydi, agar qarzdorlik foizsiz davr ichida to‘liq qoplangan bo‘lsa
Har oylik foiz to‘lovi:
avvalgi kalendar oyi yakuni bo‘yicha hisoblanadi va to‘lov kuniga (25-sanasiga) qadar so‘ndiriladi
Har oylik asosiy qarz to‘lovi (minimal to‘lov):
kredit karta qoldig‘ining 10 % miqdorida,
lekin eng kam minimal to‘lov — 100 000 so‘m (xaridlar va naqdga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha).
Minimal to‘lov kredit qoldig‘idan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Kredit muddati:
48 oy.
Oxirgi 12 oy — faqat qarzdorlikni so‘ndirish uchun.
Kredit kartasining amal qilish muddati:
36 oy.
36 oydan so‘ng karta orqali faqat qarzni qoplash (kirim) amaliyotlari amalga oshiriladi.
SQB va boshqa banklarning bankomatlari hamda kassalarida naqd pul yechish:
1,9 % komissiya
Foizlar operatsiya sanasidan boshlab hisoblanadi (xizmat ko‘rsatuvchi bank komissiyasi bo‘lishi mumkin)
(2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kartadan kartaga / hisobvaraq / elektron hamyonga pul o‘tkazish:
komissiya — 1,9 %
Foizsiz muddat amal qilmaydi. (2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Naqd pul olish va pul o‘tkazmalarining limiti:
cheklovsiz.
Bunda amaldagi tariflarga asosan xizmat haqi qo‘llanilishi mumkin.
Chet elda savdo va xizmatlar uchun to‘lovlar:
har bir tranzaksiya uchun 0,6 AQSh dollari (QQS bilan).
Operatsiyalar bo‘yicha SMS-xabarlar:
bepul
“O‘zsanoatqurilishbank”ning Visa kredit kartasi — tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, kundalik xaridlarni boshqarish hamda sayohatlarda foydalanish uchun qulay moliyaviy vosita. Karta Visa to‘lov tizimi qabul qilinadigan barcha joylarda ishlaydi. Shuningdek, zaruriyat bo‘lganda kredit limitidan foydalanish imkonini beradi.
Kartaning asosiy afzalligi shundaki, tovar va xizmatlar uchun sarflangan kredit mablag‘lari kelgusi oyning 25-sanasigacha to‘liq qaytarilgan taqdirda foizlar undirilmaydi, ya’ni mazkur xaridlar bo‘yicha foizsiz foydalanish mumkin.
Kredit limiti tasdiqlangandan so‘ng kartani Toshkent shahar hududidagi bank bo‘limida yoki o‘zingizga qulay bo‘lgan hududiy Bank xizmatlari markazi va ofislari kassalaridan olishingiz mumkin. Karta olish uchun pasport yoki haydovchilik guvohnomasi yetarli.
Visa kredit kartasi avvalo naqd pulsiz to‘lovlar uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, quyidagi operatsiyalar ham mumkin:
bankomatlardan naqd pul yechish,
kartaga, bank hisobvarag‘iga yoki elektron hamyonga pul o‘tkazish (P2P).
Bunda:
komissiya — 2,9 %;
foizlar operatsiya qilingan kundan boshlab hisoblanadi;
bankomat/terminal egasi tomonidan qo‘shimcha komissiya olinishi mumkin;
foizsiz muddat bunday operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.
Kredit limitining 100% gacha bo‘lgan summada yechim va o‘tkazmalar amalga oshirilishi mumkin.
“Yangi kredit karta” mahsulotiga ko‘ra:
tovar va xizmatlar uchun xaridlar bo‘yicha foizlar undirilmaydi,
agar xarajatlar keyingi oyning 25-sanasigacha to‘liq qaytarilsa;
aks holda, xaridlar bo‘yicha ham, boshqa operatsiyalar bo‘yicha ham
yillik 26,9% foiz stavkasi qo‘llanadi.
Karta bo‘yicha belgilangan aniq to‘lov jadvali mavjud emas.
Kechikishlarning oldini olish uchun har oy minimal to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarur.
Oyning boshida mijozga minimal to‘lov miqdori va umumiy qarzdorlik haqida SMS xabar yuboriladi.
Maslahat: Katta xaridlarni oyning boshida amalga oshirish foizsiz davrni uzaytiradi.
Minimal to‘lov:
kredit qoldig‘ining 10 % miqdorida,
lekin kamida 100 000 so‘m,
minimal to‘lov kredit qoldig‘idan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Minimal to‘lov kalendar oy oxirida hisoblanadi va har oyning 25-sanasigacha to‘lanishi lozim.
Kredit kartaga qo‘yilgan mablag‘lar qarzni quyidagi tartibda qoplaydi (pasportga mos ravishda):
ortiqcha foizlar (jarima foizlar)
muddati o‘tgan foizlar
muddati o‘tgan minimal to‘lov
avvalgi oy hisoblangan foizlar
joriy minimal to‘lov
avvalgi oy “naqdga tenglashtirilgan” operatsiyalar bo‘yicha asosiy qarz
avvalgi oy xaridlari bo‘yicha asosiy qarz
joriy oy foizlari
joriy oy “naqdga tenglashtirilgan” operatsiyalar asosiy qarzi
joriy oy xaridlari asosiy qarzi
Qarz SQB Mobile orqali boshqa kartadan to‘ldirish yo‘li bilan yoki bank kassalarida naqd topshirish orqali so‘ndiriladi.
Agar oy davomida xarajat bo‘lmasa — qarzdorlik ham shakllanmaydi.
Kredit ta’minoti sifatida Bank bilan bosh kelishuvga ega bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari tomonidan kredit qaytmaslik xatari (14-klass) bo‘yicha sug‘urta polisi onlayn taklif etiladi. Sug‘urta mukofoti mijoz tomonidan SQB Mobile ilovasiga ulangan Uzcard/Humo bank kartasi orqali to‘lanadi.
Loyiha doirasida “SQB Insurance” SK AJ bilan bosh kelishuv mavjud bo‘lib, sug‘urta xizmati kredit limitining 3,9% miqdoridagi sug‘urta mukofoti bilan taqdim etiladi.
Kelgusida ushbu loyihaga moliyaviy barqaror boshqa sug‘urta kompaniyalarini va kafillik xizmatlarini qo‘shish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.
Ariza berilgan kunda 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi; kredit to‘liq so‘ndiriladigan vaqtda 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi.
Rasmiy daromadga ega bo‘lishi (pensiya, jamg‘arib boriladigan badallar, soliqlar bo‘yicha ma’lumotlar).
Daromadlar kamida uzluksiz 6 oy davomida tasdiqlangan bo‘lishi.
Hujjatlar talab qilinmaydi — karta masofadan rasmiylashtiriladi.
Kredit tarixi tekshiriladi.
90 kundan ortiq kechikish (bir martadan ko‘p) mavjud bo‘lsa — kredit ajratilmaydi.
Birgalikda qarz oluvchi ko‘zda tutilmagan.

