Bank bo‘limlarining faoliyatini qayta tashkil etish


03.10.2024 18:04

Hurmatli mijozlar!

ATB "O‘zsanoatqurilishbank" filiallari tarmog‘ini optimallashtirish doirasida bizning ofislarimizda quyidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida sizni xabardor qilamiz:

Ish tartibini o‘zgartirish:
"International Hotel" mehmonxonasida joylashgan valyuta ayirboshlash punkti (Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107A) ish vaqtini 8 soatlik rejimga o‘tkazadi.

Ofislarning yopilishi:
Toshkent shahri, Bektemir tumani, Tuyona ko‘chasi, 12 — "Toshkent Motors Avto Savdo" binosida joylashgan chakana operatsiyalar kassa punkti №5 yopiladi.
Namangan shahri, San’at ko‘chasi, 5 — chakana operatsiyalar kassa punkti №3 yopiladi.

Ofisning ko‘chirilishi:
Namangan shahri, Shimoliy aylanma ko‘chasi, 23 — chakana operatsiyalar kassa punkti №4 yangi manzilga ko‘chiriladi: Namangan shahri, Xotira ko‘chasi, 4, "Do‘stlik elektr tarmoqlari korxonasi" binosi.

Surxondaryo viloyatida yangi ofis ochilishi:
Denov shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 170 — bu yerda mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun yangi bank bo‘limi ochiladi.

Qo'shimcha ma'lumotni +99871 200 43 43 va 1180 raqamlari orqali yoki bank ofislarida olishingiz mumkin.




Boshqa yangiliklar

11/24/2026 12:10:51 pm
SQBning ayrim bankomatlarida ta’mirlaş işlari olib borilmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATBning ayrim bankomatlarida texnik nosozliklarni bartaraf etiş hamda yangi manzillarga köçi ...

11/23/2026 06:03:35 pm
SQB Mobile ilovasida texnik ishlar

Hurmatli mijozlar! Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan SQB Mobile mobil ilovasi 24.11.2026 kuni so ...

11/19/2026 05:37:50 pm
SQB mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimch ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 18.10.2024 16:38  
up