Bayram kunlari bankning ish jadvali


19.03.2025 13:55

Hurmatli mijozlar!

Sizni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!

E’tiboringizga havola qilamiz, 21-mart (juma) – rasmiy dam olish kuni bo‘lib, ushbu kuni bank filiallari faoliyat ko‘rsatmaydi.

22-mart (shanba) soat 9:00 dan 16:00 gacha navbatchi bo‘limlar "O’zsanoatqurilishbank" ATBda quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishda davom etadi:

- Valyuta ayirboshlash
- Kommunal va bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish

Navbatchi bo‘limlarning to‘liq ro‘yxati, ularning manzillari va ish rejimi haqida [havola orqali] bilib olishingiz mumkin.

Shuningdek, barcha asosiy bank xizmatlaridan SQB Mobile mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin. Ilova bayram va dam olish kunlarida ham 24/7 rejimida ishlaydi. Shuningdek, bankomatlar uzluksiz faoliyat yuritib, naqd pullar bilan muntazam ta’minlanib boriladi.

Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, bizning aloqa markazimizga 1180 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.




Boshqa yangiliklar

11/06/2026 05:44:11 pm
Bankda rejalaştirilgan texnik işlar ötkaziladi

Hurmatli mijozlar! 2026-yil 6-noyabr kuni soat 23:30 dan boşlab «Özsanoatqurilişbank» ATB axborot t ...

11/05/2026 04:38:48 pm
SQBning ayrim bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qila ...

11/05/2026 11:38:42 am
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekşiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekşiruvlar olib borilayotgani sababli Toşkent viloyati Bekobod şahri Me’mor köçasi 264-uyda joylaşga ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.03.2025 15:05  
up