Bayram kunlari bankning ish jadvali


26.12.2025 18:41

Hurmatli mijozlar!

Kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida dam olish kunlari e’lon qilingani munosabati bilan "O‘zsanoatqurilishbank" ATBning bayram kunlaridagi ish tartibi haqida sizni xabardor qilamiz.

2025-yil 31-dekabr, shuningdek, 2026-yil 2 va 3-yanvar kunlari Bankning navbatchi bo‘linmalari va valyuta ayirboshlash shoxobchalari soat 9:00 dan 16:00 gacha ishlaydi va quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
- chet el valyutasini ayirboshlash;
- kommunal va bir martalik to‘lovlarni qabul qilish;
- naqd pullarni qabul qilish va berish bo‘yicha bankomatlarga xizmat ko‘rsatish.

Ishlayotgan bo‘linmalar ro‘yxati, ularning manzillari va ish jadvali bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, asosiy bank xizmatlari bayram kunlarida ham SQB Mobile mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladi.

Bankning bankomatlari kecha-yu kunduz ishlaydi va naqd pul mablag‘larini doimiy ravishda olish imkoniyatini ta’minlaydi.
Qo‘shimcha savollar uchun Aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: 1180 yoki +998 71 200 43 43.





Boshqa yangiliklar

11/06/2026 05:44:11 pm
Bankda rejalaştirilgan texnik işlar ötkaziladi

Hurmatli mijozlar! 2026-yil 6-noyabr kuni soat 23:30 dan boşlab «Özsanoatqurilişbank» ATB axborot t ...

11/05/2026 04:38:48 pm
SQBning ayrim bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qila ...

11/05/2026 11:38:42 am
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekşiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekşiruvlar olib borilayotgani sababli Toşkent viloyati Bekobod şahri Me’mor köçasi 264-uyda joylaşga ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.12.2025 14:29  
up