SQB kredit kartasi yana foydalanish uchun mavjud!


12.10.2026 12:57

Hurmatli mijozlar!

SQB kredit kartasini rasmiylashtirish qayta yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilamiz.

Asosiy shartlar:

  • Kredit limiti — 2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha;

  • Foiz stavkasi — yillik 26,9%;

  • Imtiyozli davr — xaridlar uchun 55 kungacha;

  • Minimal oylik to‘lov — qarzdorlikning 10%;

  • Tovar va xizmatlar uchun terminal hamda internet orqali to‘lovlar — komissiyasiz.

Kredit kartasi tovar va xizmatlar uchun qulay to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Imtiyozli davr davomida xaridlar bo‘yicha qarzdorlik belgilangan muddatda to‘liq so‘ndirilgan taqdirda, ushbu xaridlar uchun foizlar hisoblanmaydi.

Kredit kartasini rasmiylashtirish va undan foydalanish shartlari haqida batafsil ma’lumotni www.sqb.uz saytidan, Bankning eng yaqin ofisidan yoki 1180 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

11/24/2026 12:10:51 pm
SQBning ayrim bankomatlarida ta’mirlaş işlari olib borilmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATBning ayrim bankomatlarida texnik nosozliklarni bartaraf etiş hamda yangi manzillarga köçi ...

11/23/2026 06:03:35 pm
SQB Mobile ilovasida texnik ishlar

Hurmatli mijozlar! Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan SQB Mobile mobil ilovasi 24.11.2026 kuni so ...

11/19/2026 05:37:50 pm
SQB mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimch ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 13.10.2026 17:58  
up