“SQB Ventures” MCHJ Investitsiya qo‘mitasiga mustaqil a’zolar tanlovi e’lon qilinadi


02.04.2025 15:06

Hurmatli mijozlar va hamkorlar! 

Bank Boshqaruvining 2024-yil 25-noyabrdagi 680-sonli qaroriga asosan, investitsion faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida “SQB Ventures” MCHJ tashkil etildi. Ushbu tashkilot doirasida Investitsiya qo‘mitasi shakllantirilmoqda va uning tarkibiga ikkita mustaqil a’zo jalb qilinadi.

-  Investitsion qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish
-  Loyihalarni tahlil qilish va ekspert bahosini berish
-  Strategik qarorlarni muvofiqlashtirishga ko‘maklashish 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Xalqaro va/yoki mahalliy darajadagi yetakchi mutaxassis bo‘lish
Bank, moliya, HR, IT yoki fintech sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish
Strategik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish
Investitsion jarayonlar va moliyaviy tahlil bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lish
Korporativ boshqaruv va risklarni baholash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish 

Biz taklif qilamiz:
Investitsion qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etish
O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri bilan hamkorlik
Keng ekspert tarmog‘ida ishlash imkoniyati
Yangi tajriba orttirish va istiqbolli loyihalarda ishtirok etish 

Rezyume va tavsiyanoma xatini quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz: mtuxtasinov@sqb.uz





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 04:30:06 pm
SQB kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...

10/22/2026 12:33:11 pm
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekshiruvlar sababli quyidagi manzillarda joylashgan SQB bankomatlari vaqtincha xizmat ko‘rsatmayapti ...

10/21/2026 03:20:23 pm
Mikro va kichik biznes uchun yangi “Mobil biznes” krediti

Hurmatli mijozlar! Tayyor savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish, tadbirkorlikni rivoj ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.04.2025 15:21  
up