SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi
14.10.2026 13:20
Hurmatli mijozlar!
Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning protsessing markazida rejali texnik ishlar amalga oshiriladi.
Mazkur ishlar Visa, Mastercard va UnionPay xalqaro to‘lov tizimlari talablariga muvofiq bank kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy tizimlarni yangilash va ularning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
Texnik ishlar davomida bank kartalari bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Shu munosabat bilan zarur to‘lov va o‘tkazmalarni oldindan amalga oshirishingizni tavsiya etamiz.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

50
Boshqa yangiliklar