Hurmatli mijozlar!
“Yangi uyga ipoteka-2” ipoteka krediti dasturi shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Sinov loyihasi doirasida norasmiy daromadga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun Bankning ayrim bo‘linmalarida quyidagi shartlar belgilandi:
Boshlang‘ich badal — kvartira qiymatining kamida 25 foizi.
Kredit foiz stavkasi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4 foiz bandi.
Mazkur shartlar Bankning quyidagi bo‘linmalarida amal qiladi: Surxondaryo BXO, Jarqo‘rg‘on BXM, Saraosiyo BXM, Bunyodkor BXM va Barhayot BXM.
Kreditlashning batafsil shartlari bilan “Yangi uyga ipoteka-2” sahifasida tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1180 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Bankning eng yaqin ofisiga murojaat qiling.
Hurmatli mijozlar! Sovuq kunlar va isitiş mavsumi boşlanişi munosabati bilan gaz va ...
Hurmatli mijozlar! 2026-yil 6-noyabr kuni soat 23:30 dan boşlab «Özsanoatqurilişbank» ATB axborot t ...
Hurmatli mijozlar! Quyidagi bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qila ...
