O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy va qulay bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kredit mahsulotlari, yangi bank xizmatlari hamda biznes vakillari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bank rahbariyati murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonun doirasida xolis va tezkor ko‘rib chiqish, berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda bu borada bank xizmatlari markazlari rahbarlari va mas’ul xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalar berdi.
Muloqot ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit mablag‘larini jalb etish, kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, mavjud kredit majburiyatlari bilan bog‘liq ayrim masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, tegishli tarkibiy bo‘linmalar va mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Qonunchilik bilan tartibga solinadigan masalalar bo‘yicha tadbirkorlarga amaliy va huquqiy tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarni izchil davom ettirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, murojaatlarni tezkor va adolatli ko‘rib chiqish hamda tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Bu kabi uchrashuvlar tadbirkorlarning dolzarb muammolarini joyida hal etish, ularning taklif va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish hamda davlat va biznes o‘rtasidagi samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishban ...
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlar bilan oʻtkazilishi rejalashtirilgan ochiq muloqotga ta ...
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan bo‘ladigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik izchil davom etmoqda. Shu munosabat b ...

