Shahrisabzlik tadbirkorning murojaatlari tinglandi, muammolariga yechim topildi


29.07.2026 09:38

Shahrisabzlik tadbirkorning murojaatlari tinglandi, muammolariga yechim topildi

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yana-da yaxshilash va biznes vakillarining muammolarini tezkor hal etishga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirilmoqda. Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati hududlarga chiqib, tadbirkorlar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ushbu muloqotlar tadbirkorlarning moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilish hamda biznesni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda. Ayni shu maqsadda bank mas’ullari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida keng qamrovli sayyor qabullar tashkil etildi. Ularda qariyb 50 nafar tadbirkor ishtirok etib, o‘z muammo va takliflarini bildirdi. Muhimi, har bir murojaat bo‘yicha amaliy yechimlar va aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan asosan faoliyatni kengaytirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga ehtiyoj bildirildi.

Muloqotlar davomida har bir loyiha alohida o‘rganilib, tadbirkorlarga mavjud moliyaviy imkoniyatlar, davlat dasturlari va kredit mahsulotlari bo‘yicha tushuncha berildi.  Sayyor qabullarda nafaqat yirik korxonalar, balki kichik biznes vakillari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning ham murojaatlari tinglandi.

Tadbir davomida ko‘tarilgan masalalarning qog‘ozda qolib ketmasligi va har bir murojaat bo‘yicha amaliy natijaga erishish maqsadida tegishli vazifalar belgilab olindi. Barcha murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash bank rahbariyatining doimiy nazoratiga olindi.

Shuningdek, bank xizmatlari markazlari rahbarlariga tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish hamda “Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan masalalarning samarali hal etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.





Boshqa yangiliklar

11/10/2026 04:40:10 pm
SQB: MAHALLADAGI TAŞABBUSDAN BARQAROR DAROMADGAÇA

Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...

11/10/2026 04:40:09 pm
Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...

11/10/2026 04:40:08 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.07.2026 09:39  
up