SQB Biznes menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.
16.10.2026 05:55
Ish joyi: Andijon viloyati, Bunyodkor BXM
Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish va bank mijozlari bazasini kengaytirish;
• Mikro va kichik biznes subyektlariga bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etish hamda sotish;
• Sotuv rejalari va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;
• Mijozlarga maslahat berish, muzokaralar olib borish va ularning ehtiyojlarini aniqlash;
• Kredit mahsulotlari, hisob-kitob-kassa xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, savdo terminallari va korporativ kartalarni sotish;
• Mijozlar hujjatlarini tayyorlash, bank axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni yangilash va uzoq muddatli mijozlik munosabatlarini rivojlantirish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot;
• Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi;
• Sotuv, mijozlarni jalb qilish va muzokara olib borish ko‘nikmalari;
• Bank mahsulotlari va xizmatlarini bilish, mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnata olish;
• Natijaga yo‘naltirilganlik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va mijozlarga e’tiborli munosabat.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 19.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

110
Boshqa yangiliklar