Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot;
Bank-moliya sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
Davlat xaridlari sohasidagi amaldagi qonunchilik va xarid qilish tartib-taomillarini bilish;
Xarid hujjatlarini tayyorlash va kelishish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar;
Bozor narxlarini o‘rganish, ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash ko‘nikmalari;
Muomala layoqatiga ega bo‘lish.
Asosiy vazifalar:
Bosh bank va hududiy bo‘linmalar ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning dastlabki narxlarini o‘rganish;
Ochiq axborot va boshqa ishonchli manbalar asosida xarid narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini tahlil qilish va baholash;
Qonunchilikka muvofiq xarid qilish tartib-taomili turini tanlash hamda Bank rahbariyatiga tegishli takliflar kiritish;
Eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlar orqali amalga oshiriladigan xaridlar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish;
Xarid hujjatlarini tashabbuskor bo‘linmalar, Komplayens nazorat departamenti va Xarid komissiyasi bilan kelishish;
Tasdiqlangan hujjatlarni elektron do‘kon va auksion orqali xaridlarni amalga oshirish uchun Xaridlarni amalga oshirish xizmatiga yuborish;
Vazirliklar, idoralar, Markaziy bank va hududiy bo‘linmalardan kelib tushgan xatlarga javoblar tayyorlanishi hamda belgilangan muddatlarda yuborilishini nazorat qilish;
Departament faoliyatiga oid zarur ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Bank rahbariyati uchun tayyorlash.
Hujjatlarni topshirish:
Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Xat mavzusida vakansiya nomini ko‘rsatish so‘raladi.
Talablar: Oliy yuridik ma’lumot; Yur ...
Asosiy vazifalar: • BXM faoliyatini samarali boşqariş, biznes-reja, savdo körsatkiçlari va KPI baja ...
Lavozim: Hisobot, tahlil va raqamlaştiriş xizmati yetakçi menejeri Örta biznes yönalişida hisobotla ...
