SQB Raqamli biznes departamentining Raqamli dasturlash xizmati Chakana raqamli yechimlarni ishlab chiqish guruhi katta dasturchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.


06.10.2026 05:22

Asosiy vazifalar:
• Biznes talablarini tahlil qilish va ular asosida texnik yechimlar ishlab chiqish.
• Backend funksionallarini ishlab chiqish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
• Mavjud tizim va modullarni optimallashtirish, ularning barqarorligi va samaradorligini oshirish.
• Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish.
• Integratsiya xizmatlari va interfeyslarini yaratish, sozlash va hujjatlashtirish.
• Sifatli kod yozish, testlash, xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish.
• Kodlarni tekshirish (Code Review), versiyalarni boshqarish va texnik hujjatlarni yuritish.
• Dasturchilar ishini muvofiqlashtirish va yangi texnologik yechimlarni joriy etishda ishtirok etish.


Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank yoki IT sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• Backend yechimlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmasi.
• Ma’lumotlar bazalari, integratsiyalar va API bilan ishlash tajribasi.
• Git va Code Review jarayonlarini bilish.
• Tizimlarni monitoring qilish va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish ko‘nikmasi.
• O‘zbek tilini bilish.


Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 8.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

11/20/2026 05:28:01 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining Biznes menejerlar guruhi katta biznes menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi mijozlarni jalb qiliş, mavjud mijozlar bazasini kengaytiriş va qayta faollaştiriş; ...

11/20/2026 02:18:08 pm
SQB Qo'qon BXMga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kut ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 07.10.2026 10:25  
up