SQB To'qimachilik bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi kichik hamkorlik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


27.11.2026 12:33

Hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini oshirish hamda jamoani biznes natijalariga yo‘naltirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Hamkorlik tarmog‘ini shakllantirish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish.
• Yangi faol hamkorlar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilishni tashkil etish.
• Bankning oylik reja ko‘rsatkichlari va KPI bajarilishini ta’minlash.
• Komission daromadlarni oshirish va yangi kredit loyihalarini jalb qilish.
• Hamkorlar bazasini shakllantirish, rivojlantirish va muntazam kuzatib borish.
• Bo‘ysunuvchi xodimlar faoliyatini boshqarish, vazifalarni taqsimlash va ularning bajarilishini nazorat qilish.
• Xodimlarning individual savdo rejalari, KPI va faollik ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish.
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga Bank mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish hamda sotuvini tashkil etish.
• Mijozlar va hamkorlar savdo voronkasini yuritish, konversiya va savdo natijalarini tahlil qilish.
• Hamkorlar va mijozlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish, Bank mahsulotlari taqdimotlarini tashkil etish.
• CRM tizimida mijozlar va hamkorlar bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qilish.
• Guruh faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, KPI natijalarini tahlil qilish va rahbariyatga takliflar kiritish.

Talablar:
• Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumot.


Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

11/27/2026 12:44:59 pm
SQB Farg'ona bank xizmatlari ofisi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi kichik hamkorlik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini oshirish ham ...

11/27/2026 12:43:32 pm
SQB Surxondaryo bank xizmatlari ofisiga Mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...

11/27/2026 12:35:21 pm
SQB Surxondaryo bank xizmatlari ofisiga universal kassir lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Kassa amaliyotlari va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kuta ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 27.11.2026 12:33  
up