Agar siz xalqaro valyuta operatsiyalari va hujjatli tranzaksiyalar yo‘nalishida ishlash hamda professional rivojlanishni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Hujjatli akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalarni qabul qilish va yuritish.
• Akkreditiv hujjatlarining UCP 600 xalqaro qoidalariga muvofiqligini tekshirish.
• To‘lov hujjatlari rekvizitlarini hamda ularning akkreditiv shartlariga muvofiqligini nazorat qilish.
• Xorijiy va mahalliy banklar bilan hujjatli tranzaksiyalar bo‘yicha yozishmalar olib borish.
• Akkreditivlar va hujjatli operatsiyalarni iABS hamda boshqa axborot tizimlarida yuritish.
• Inkasso va bank kafolatlari bo‘yicha hujjatlarni mijozlarga avizo qilish.
• TSOYEAT va boshqa tegishli tizimlarga ma’lumotlarni kiritish hamda ularning to‘g‘riligini nazorat qilish.
• Operatsion kun yakunida hujjatli operatsiyalar balansini tekshirish.
• Mijozlar va nazorat organlarining murojaatlari bo‘yicha belgilangan tartibda javoblar tayyorlash.
• Hujjatlarni arxivlash hamda Bankning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy iqtisodiy ma’lumot. Ayrim hollarda oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan nomzodlar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
• Bank tizimida yoki valyuta operatsiyalari yo‘nalishidagi ish tajribasi ustunlik beradi.
• Xalqaro hujjatli operatsiyalar, akkreditivlar va bank kafolatlari bo‘yicha bilim.
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari va valyuta qonunchiligini bilish.
• MS Office dasturlaridan erkin foydalana olish.
• Ingliz tilini bilish xalqaro banklar bilan yozishmalar olib borishda ustunlik beradi.
• Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik, diqqatlilik va jamoada ishlash ko‘nikmalari.
Ish sharoitlari:
• Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.
• Yirik va barqaror bankda ishlash imkoniyati.
• Xalqaro bank amaliyoti va hujjatli tranzaksiyalar yo‘nalishida professional rivojlanish.
• Malaka oshirish va o‘quv dasturlarida ishtirok etish imkoniyati.
• Zamonaviy va professional jamoada ishlash.
• Raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy paket.
Ariza topshirish tartibi
Agar Siz ushbu lavozimga qiziqsangiz, CV (rezyume)ingizni HR@uzpsb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida: "Valyuta operatsiyalari guruhi Kichik menejeri" deb ko‘rsatishingizni so‘raymiz.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB jamoasiga qo‘shiling va xalqaro bank operatsiyalarini rivojlantirishda o‘z hissangizni qo‘shing!
Ish joyi: Toshkent viloyati, bank xizmatlari ofisi. Asosiy vazifalar: ...
Asosiy vazifalar: • Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan ishlash. • Mikro va kichik biznes ...
Agar siz strategik boshqaruv, davlat dasturlari ijrosi va jamoani samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz, ...
