SQBda gender tenglik

Rahbar ayollar yangi, o‘zgarayotgan iqtisodiyotga qanday moslashishi kerak?


15.11.2019

Rahbar ayollar yangi, o‘zgarayotgan iqtisodiyotga qanday moslashishi kerak?

O‘zsanoatqurilishbank binosida Xalqaro moliya korporatsiyasi eksperti, xalqaro tajribaga ega Latviyalik Xel'ma Shtrausa tomonidan SQB “Ayollar klubi” uchun maxsus trening o‘tkazildi. Mavzu dolzarb bo‘lganligi sababli biz treningga faqat klub ishtirokchilarini taklif etish bilan cheklanmay, Bankning barcha istak bildirgan xodimalarini mazkur tadbirga jalb qildik.
Trening ikki qismdan iborat bo‘ldi: birinchi yarmida zamonaviy AGILE dunyo (ingliz tilidan «egiluvchan», «tez o‘zgaruvchan» ma'nosini bildiradi) nima ekanligi haqida so‘z borgan bo‘lsa, ikkinchi qismida esa bunday raqobatbardosh muhitda qanday qilib o‘z o‘rnini saqlab qolish haqida amaliy maslahatlar berildi.
Trener so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy muhit nihoyatda murakkab va tez o‘zgaruvchanligi sababli xalqaro amaliyotda “loyihadan loyihagacha ishlovchi shtatdan tashqari xodimlar” tushunchasi kirib kelmoqda. Bundan qo‘rqish kerak emas, balki buni zamonaviy mehnat bozorining oddiy voqeligi sifatida qabul qilish lozim hamda faqatgina doimiy uzluksiz ta'lim orqali bilimlarni oshirish bilan raqobatga dosh berish mumkin.
Hozirda rivojlangan xalqaro tashkilotlarda avvalgi kabi unvonlar, rezyume va diplomlar unchalik katta rol' o‘ynamaydi, balki faqat real joriy ko‘rsatkich va salohiyat, ya'ni siz korxona rivoji uchun nima qila olishingiz va qanday hissa qo‘shishingiz mumkinligi ahamiyatga ega xolos. Masalan, Ernst&Young kompaniyasi yaqinda xodimlardan diplom mavjudligini talab qilishdan umuman voz kechdi. Kompaniya vakillarining aytishicha, ular diplom mavjudligi va mehnat unumdorligi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlikni topishmadi.
Kompaniyalar endilikda o‘zining yagona maqsadi sifatida faqat foydani ustun qo‘ya olmaydi. Zamonaviy avlod daromad uchun ishlamayapti, balki g‘oya uchun ishlayapti va ularga mazkur kompaniyada nima uchun ishlayotgani va qanday hissa qo‘shayotganini anglash nihoyatda muhim. Shunday qilib, ijtimoiy korxonalar soni oshadi.
«Xavotirga berilmaydigan bo‘ling. Sizni hech narsa hayratlantirmasligi kerak», - deydi Xel'ma. Har doim diqqat-e'tiborda qolish uchun o‘z ishingizni sidqidildan bajaring, unga ijodiy yondashishga harakat qiling, chunki bu kelajakda eng muhim ustuvorlik bo‘ladi. Kimdir sizning ta'limingiz bilan shug‘ullanishini kutmang, zamonaviy voqelik shundayki, o‘zingiz rivojlanishingiz zarur. Albatta hamkorlik sari intiling, chunki jamoaviy ish har doim individual faoliyatdan ustun turadi.
Biz Xel'ma Shtrausaga g‘oyat qiziqarli va foydali trening uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ishonchimiz komilki, barcha tavsiya va maslahatlar har birimizga taalluqli bo‘lib, ularni bugundan boshlab hayotga tatbiq etish lozim.




Boshqa yangiliklar

02/13/2024 03:44:07 pm
“Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlo ...

09/28/2023 11:09:30 am
Baxtli oila va muvaffaqiyatli biznes yuritish o'rtasidagi oqilona muvozanat

"SQB ayol xodimlarini rivojlantirish dasturi" doirasida dastur a'zolari uchun taniqli tadbirkor, "Business academy" mark ...

09/27/2023 04:24:04 pm
Loyiha ishtirokchilarini rivojlantirish davom etmoqda

Аyni paytda Bankni strategik rivojlantirish departamenti direktori oʼrinbosari Dilshod Kalanov tomonidan “Bankni rivojla ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.11.2021 12:38  
up