“SQB Ayollar klubi” a’zolari betakror tabiat qo‘ynida


08.10.2019 18:00

O‘zsanoatqurilishbank xotin-qizlarni ruhlantiruvchi va har tomonlama shakllantiruvchi “SQB Ayollar klubi” o‘z treninglarini davom ettirmoqda. Navbatdagi trening Bankning so‘lim tog‘ bag‘rida joylashgan "Ikki buloq" dam olish maskanida bo‘lib o‘tdi. 

5.jpg

Treningda nafaqat klub a’zolari, balki Bank Bosh ofisida faoliyat yurituvchi barcha ayollar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar esa O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova tomonidan olib borildi.

– Ushbu trening boshqalaridan mutlaqo farq qildi. – deydi Bank Yuridik departamenti bosh mutaxassisi Dilafruz Raximova. – Bunga sabab uchrashuvning tabiat yon bag‘rida o‘tkazilganligidir (kulib). Shuningdek, erkin kiyim, mashg‘ulotlarning keng maydonda ko‘ngilochar o‘yinlar tarzida o‘tkazilishi ham bizga bir olam zavq-shavq ulashdi. 

13.jpg

Trening davomida tashkil qilingan jamoaviy o‘yinlar hamkasb xotin-qizlarni yanada jipslashtirishga va mazmunli xordiq chiqarib, yangi ish haftasiga katta kuch to‘plashga qulay sharoit yaratdi.

Tadbir “O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.        

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/21/2026 12:32:04 pm
Ayollar tadbirkorligi: g‘oyadan real iqtisodiy qiymatgacha

Mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish davlat siy ...

04/14/2025 03:24:11 pm
O‘zsanoatqurilishbank xotin-qizlari – sog‘lom turmush tarzi tarafdori!

Ertalabki tetiklik, toza havo va sport ruhi! EKOparkda o‘tkazilgan jismoniy mashg‘ulotlarda bankimiz xodimalari p ...

10/22/2024 10:20:04 am
O‘zsanoatqurilishbankda rahbar ayollar soni 30 foizga oshiriladi

Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Lohiha SQB hamda Toshkent ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.11.2021 15:45  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит