SQBda gender tenglik

“SQB Ayollar klubi”: ham ko‘ngilochar, ham tafakkurga boshlovchi treninglar majmui


27.04.2021

    Snow Snow Snow
   

      O‘zsanoatqurilishbank “SQB Ayollar klubi”ning 2-mavsumi ham o‘z nihoyasiga yetdi. Shu munosabat bilan Bank Bosh ofisida klub a'zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
    Yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirokini kuchaytirish, ular o‘rtasida ishbilarmonlar safini kengaytirish hamda mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga davlat siyosati darajasida qaralmoqda, moddiy va ma'naviy ko‘makka muhtoj ayollarlarimiz qo‘llab-quvvatlanmoqda.
    O‘zsanoatqurilishbank tizimida ham xotin-qizlar mehnatini qadrlash, ularga qulay sharoit yaratish, alohida iqtidor egalari salohiyatidan samarali foydalanish va yutuqlarini rag‘batlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.
“SQB Ayollar klubi” faoliyati esa Bankning ana shu maqsadlariga yo‘naltirilgan.
– Klub faoliyati Bankimiz tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar orasidan nafaqat kichik va o‘rta bo‘g‘in, balki, top-menejerlar, boshqaruvchilarni tayyorlash va shu orqali kelgusida bankning yuqori bo‘g‘inidagi rahbarlari orasida gender tenglikni ta'minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir, – deydi Bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari U.Tavakkalov. – Bu borada biz birinchi mavsumning o‘zidayoq ilk natijalarga erishdik.
    Klubning ikkinchi mavsumi dasturidan 20dan ziyod mavzular o‘rin oldi. Jamiyatda ayollarning turli ijtimoiy rollari o‘rtasidagi muvozanat, rahbar ayollarda tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda jamoadoshlari (yoki qo‘lostidagilar) bilan gorizontal va vertikal kommunikasiyani o‘rnatish, tanqidiy fikrlash va uni faoliyatlarida qo‘llash usullari kabi mavzular shular jumlasidandir.
    Darhaqiqat, klubning ikkinchi mavsum ishtirokchilari faqat filiallardan jalb qilindi. Dastlab 70 nafar xodim test sinovlari asosida tanlab olingan bo‘lsa, keyinchalik ular soni trening mashg‘ulotlaridagi faolligiga qarab yanayam saralandi.
– Treninglar mavzusining har biri dolzarb va qiziqarli, – deydi bankning Rakat filiali xodimi Hilola Mallabaeva. – Biri ikkinchisini takrorlamaydi, aksincha to‘ldiradi. Maqsadga erishishda sog‘liqni saqlash, energiyani yo‘qotmaslik, ruhiy muvozanatni ushlay olish sirlari, to‘g‘ri ovqatlanish va hayot tarziga amal qilish, ishbilarmon ayol obrazini yaratish, garderobni shakllantirish, pardoz-andoz uslublari kabi har birimiz bilishimiz lozim bo‘lgan hech bir mavzu e'tibordan chetda qolmagan.
    Bu galgi klub a'zolari uchun “Mutolaa” sharti yangilik bo‘ldi. Ular dunyo kitobxonlari tomonidan yuqori baholangan Deyv Logan, Jon King va Xeli Fisher-Raytlarning “Rahbar va qabila. Korporativ madaniyatning besh darajasi”, Stiven Kovining “Muvaffaqiyatli kishilarning 7 ko‘nikmasi”, Brayan Treysining “Qulaylik kobig‘ini tark et. Hayotingni o‘zgartir” hamda Vanessa van Edvardsning “Muloqot ilmi. Hissiyotlarni o‘qish, maqsadlarni tushunish va odamlar bilan til topishish haqida” nomli asarlarini o‘qib, test topshirishdi. E'tiborlisi, ishtirokchilarning aksariyati “Book challenge SQB” tanlovida ham qatnashib, diplom va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi.
    Bugun kunda jamoa xodimlari o‘rtasida “SQB Ayollar klubi” a'zosiga aylanishni istayotgan xotin-qizlar tobora ko‘payib bormoqda.
    Bank rahbariyati bir vaqtning o‘zida tizimda faoliyat yuritayotgan 1640 nafar ayolni klub a'zoligiga qabul qilishning imkoni yo‘qligini hisobga olib, bundan keyingi mavsumga nomzodlar onlayn testlar orqali jalb etilishini belgilab berdi.


Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

02/13/2024 03:44:07 pm
“Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlo ...

09/28/2023 11:09:30 am
Baxtli oila va muvaffaqiyatli biznes yuritish o'rtasidagi oqilona muvozanat

"SQB ayol xodimlarini rivojlantirish dasturi" doirasida dastur a'zolari uchun taniqli tadbirkor, "Business academy" mark ...

09/27/2023 04:24:04 pm
Loyiha ishtirokchilarini rivojlantirish davom etmoqda

Аyni paytda Bankni strategik rivojlantirish departamenti direktori oʼrinbosari Dilshod Kalanov tomonidan “Bankni rivojla ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.05.2022 16:03  
up