Stress menejment: ziddiyatli holatlar kishini ham shaxs, ham mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim omil


01.11.2019 12:26

Stress menejment: ziddiyatli holatlar kishini ham shaxs, ham mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim omil

O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “SQB Ayollar klubi” a'zolari uchun tashkil qilingan treningda shu va boshqa masalalar keng muhokama qilindi.
– Biz hayotiy turli hodisalar tufayli sekin-asta yoki to‘satdan stress holatiga tushamiz. Bu, o‘z navbatida, bizning ruhiy holatimiz muvozanatini buzadi, – deydi trening mashg‘ulotlarini olib borgan Elina Zelenina. – Stress menejmentida ushbu murakkab holatni to‘g‘ri baholash va tushkun holatdan tez holi bo‘lishga qaratilgan turli uslublar mavjud.

        Treningda ana shu uslublar xususida keng tushuncha berildi. Stress va uning oldini olish hamda tushkun holatdan tez holi bo‘lish sirlari, ziddiyatli holatlarning shaxsga ijobiy ta'siri kabi mavzular taqdimot qilindi.
“Masalan, mehnat jamoada rahbar yoki hamkasbingiz bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik ko‘p hollarda sizdagi ba'zi kamchiliklarni to‘g‘irlash va, pirovardida, shaxs va/yoki mutaxassis sifatida yanada yuksalishinigizga sabab bo‘ladi. Albatta, bunga siz ana shu ziddiyatli holatni to‘g‘ri tahlil qila olsangizgina erishasiz”, deydi Elina Zelenina.
Ma'lumki, stress hayotiy va maishiy sabablardan tashqari tashqi omillar sababli ham yuzaga keladi. Treningda ushbu tashqi faktorlar – qonunchilikdagi yangiliklar, narx-navo va ob-havodagi o‘zgarishlarning kishi ruhiyatiga salbiy ta'siri haqida ham so‘z ketdi.

Qanday qilib oila va kar'erani birgalikda muvaffaqiyatli olib borish sirlari borasidagi chiqishlar esa anchayin mulohazali kechdi.




Boshqa yangiliklar

04/21/2026 12:32:04 pm
Ayollar tadbirkorligi: g‘oyadan real iqtisodiy qiymatgacha

Mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish davlat siy ...

04/14/2025 03:24:11 pm
O‘zsanoatqurilishbank xotin-qizlari – sog‘lom turmush tarzi tarafdori!

Ertalabki tetiklik, toza havo va sport ruhi! EKOparkda o‘tkazilgan jismoniy mashg‘ulotlarda bankimiz xodimalari p ...

10/22/2024 10:20:04 am
O‘zsanoatqurilishbankda rahbar ayollar soni 30 foizga oshiriladi

Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Lohiha SQB hamda Toshkent ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.11.2021 10:57  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит