«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruv raisi maslahatchisi – Sun’iy intellekt bo‘yicha Bosh direktor lavozimiga Kozlov Sergey Aleksandrovich tayinlandi.
Kozlov Sergey Aleksandrovich Moskva davlat fuqaro aviatsiyasi texnik universitetini amaliy matematika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega.
Faoliyati davomida “Aeroflot – Rossiya xalqaro aviayo‘llari” OAJ, “Amadeus” kompaniyasi hamda Rossiya Sberbanki OAJda IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida yuqori lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasida Axborotni uzatish muammolari va ma’lumotlarni tahlil qilish kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritgan.
Sadirov Durbek Meylijonovich “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Global bozorlar va moliyalashtirish bo‘yicha bosh direkt ...

