Matbuot biz haqimizda

O‘zbekistonning eng yaxshi mahalliy banki 2021: Sanoat Qurilish Bank


25.03.2021

O‘zbekistonning eng yaxshi mahalliy banki 2021: Sanoat Qurilish Bank

O‘zsanoatqurilishbanki faoliyatining yuz yilligini nishonlash arafasida. 1922 yilda tashkil topgan bank O‘zbekistonda bank ishi sohasida nufuzli o‘rinni egalladi. Bank davlat, korporativ va chakana kreditlash, omonatlarni qabul qilish, xalqaro pul o‘tkazmalari va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish kabi xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.
1991 yilda O‘zbekiston davlat mustaqilligi e'lon qilinganidan so‘ng SQB aksiyadorlik tijorat banki sifatida ish yuritib kelmoqda. Yillar davomida bank faoliyati kengayib, nufuzi tobora oshdi. 2018 yildan bankda amalga oshirila boshlangan keng ko‘lamli islohotlar samarasida Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi yordamida eng yaxshi mahalliy bank mukofotlarini qo‘lga kiritdi.  
Bugun mazkur moliyaviy muassasa neft', gaz va kimyo sanoati rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan yetakchi tijorat bankidir. SQB aktivlar va kreditlar hajmi bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik banklardandir. Bank aktivlari 2020 yil oxiriga kelib 29 foizga, ya'ni 4,5 milliard dollargacha o‘sdi va o‘z kapitalining rentabelligi 2019 yildagi 9 foizdan 15 foizgacha o‘sdi.
Bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev rahbarligida SQB, shuningdek, mijozlar segmentida sezilarli o‘sishga erishdi.

https://www.asiamoney.com/article/27i6gralrq1bhg3whzzls/awards/best-bank-awards/uzbekistans-best-dom...







Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.03.2021 12:33  
up