Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ish haqi loyihalari doirasida chiqarilgan bank kartalaridan naqd pul yechishda vositachilik haqi undirilayotgani yuzasidan e’tirozlar bildirildi.
Shu munosabat bilan bankning amaldagi tariflari va ularni qo‘llash tartibi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Ish haqi loyihalari doirasida chiqarilgan kartalardan naqd pul yechish uchun vositachilik haqi karta mansub bo‘lgan to‘lov tizimi va naqd pul yechish usuliga qarab farqlanadi.
SQB kassalari orqali naqd pul yechishda:
– mahalliy to‘lov tizimlari kartalaridan – 1 foiz;
– xalqaro to‘lov tizimlari kartalaridan – 0,5 foiz.
SQB bankomatlari orqali naqd pul yechishda:
– mahalliy to‘lov tizimlari kartalaridan – 1 foiz;
– xalqaro to‘lov tizimlari kartalaridan – 0,4 foiz.
Mazkur tariflar naqd pul muomalasi va bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Jumladan, naqd pullarni qabul qilish, sanash va saralash, kassalar hamda bankomatlar faoliyatini ta’minlash, mablag‘larni tashish va ularning xavfsizligini ta’minlash muayyan xarajatlarni talab etadi. Shuningdek, bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha to‘lov tizimlari bilan hisob-kitob qilish ham qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, bank operatsiyalari bo‘yicha vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi. Banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar esa shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, qonunchilikda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish hamda xizmatlar to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish bo‘yicha talablar belgilangan.
Bankning “Jismoniy shaxslarga kredit va/yoki debet bank kartalarini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasi”ga muvofiq, mijozlar amaldagi tariflar, ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va yangi xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni bank rasmiy sayti orqali olishlari mumkin.
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...

