Oʻzsanoatqurilishbank Yevropa moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda


18.01.2024 13:21

Oʻzsanoatqurilishbank Yevropa moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

2024-yil 16-17-yanvar kunlari Oʻzsanoatqurilishbank vakillaridan iborat delegatsiya Vena shahrida boʻlib oʻtgan “Euromoney” forumida ishtirok etdi. Forum doirasida Bank masʼullari Avstriya Taraqqiyot banki, “Raiffeisenbank” (Avstriya), “Societe Generale” (Fransiya), “Commerzbank”, “Helaba”, “Landesbank Baden-Wuerttemberg”, “DZ Bank” (Germaniya) hamda OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.


Uchrashuvlar davomida Oʻzsanoatqurilishbank va Yevropa banklari oʻrtasidagi koʻp yillik hamkorlik ahamiyati qayd etilib, Bankning 2023-yilda erishgan natijalari xususida axborot berildi, joriy 2024-yildagi rejalar, xususan, chet ellik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xalqaro kapital bozorlaridan moliyaviy resurslarni jalb qilishda amaliy hamkorlik istiqbollari, yashil moliyalashtirishni yanada kengaytirish, ESG tamoyillarini amalga tatbiq etish masalalari koʻrib chiqildi.


Forum doirasida, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan umumiy qiymati 75 mln. yevroga teng ikkita shartnoma, jumladan, “Landesbank Baden-Wuerttemberg” (LBBW) bilan 50 mln. yevro investitsiya loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida, “Raiffeisenbank” bilan miqdori 25 mln. yevroga teng savdoni kreditlash boʻyicha kelishuvlar imzolandi.


Taʼkidlash kerakki, mazkur kelishuvlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga qoʻshimcha qiymatga ega tarmoqlarni moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish barobarida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi moliyaviy hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 


Maʼlumot uchun. “Euromoney” forumi Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlaridagi moliya bozori ishtirokchilari uchun muhim tadbir boʻlib, 29 yildan beri muvaffaqiyatli oʻtkazib kelinmoqda. Har yili 1000 dan ortiq emitentlar, investorlar, vositachilar va siyosatchilarni oʻzida jamlaydigan mazkur forum yangi aloqalarni oʻrnatish, mavjud hamkorlikni mustahkamlash hamda istiqbolli rejalar tuzishda muhim amaliy platforma hisoblanadi.


Bank Axborot xizmati 






Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.01.2024 15:57  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит