SQB – “GBM Awards 2026” xalqaro mukofoti sohibi


26.11.2026 17:14

Joriy yilning 25-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul şahrida bölib ötgan “GBM Awards 2026” xalqaro taqdirlaş marosimida Özsanoatqurilişbankning 300 mln AQŞ dollarlik yevroobligatsiyalar emissiyasi Markaziy Osiyo moliya institutlari orasida yilning eng yaxşi obligatsiya bitimi deb e’tirof etildi.

Prezidentimiz tomonidan banklarning xalqaro moliya bozorlaridan resurslar jalb qiliş kölamini kengaytiriş ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Şu yilning iyun oyida ötkazilgan V Toşkent xalqaro investitsiya forumida ham kapital bozorini jadal rivojlantiriş va yangi moliyaviy texnologiyalardan keng foydalan işga alohida e’tibor qaratildi.

Özsanoatqurilişbankning xalqaro kapital bozorida erişgan navbatdagi yutuği uşbu yönalişdagi faoliyatning amaliy natijalaridan biridir.

Mukofot “Global Banking & Markets” tomonidan taşkil etilgan “CEE, Central Asia & Türkiye 2026” xalqaro konferensiyasi doirasida topşirildi.

Taşkilotçi 2014-yildan buyon xalqaro moliya bozorlarida amalga oşirilgan bitimlarni baholab keladi. Tanlovda bitimlarning hajmi, moliyaviy tuzilmasi, investorlar geografiyasi, yangi moliyalaştiriş manbalaridan foydalaniş va kapital bozori rivojiga qöşgan hissasi inobatga olinadi.

Ma’lumotlarga köra, joriy yilgi tanlovda hakamlar 650 dan ortiq arizani körib çiqib, teg işli nominatsiyada Özsanoatqurilişbank bitimini ğolib deb topgan.

Mazkur mukofot bank tomonidan 2025-yil oktabr oyida London fond birjasida joylaştirilgan qöşimça kapital (Additional Tier 1 – AT1) obligatsiyalari emissiyasi uçun taqdim etildi.







Boshqa yangiliklar

11/26/2026 07:36:34 pm
Sun’iy intellekt – mahalla bankirining yangi kömakçisi

Özsanoatqurilişbankda mahalla bankirlarining kundalik faoliyatida sun’iy intellektdan samarali foydalaniş könikma ...

11/26/2026 06:09:47 pm
SQB yoş muhandislar tomonidan yaratilgan Nova Platform sun’iy intellekt platformasini taqdim etdi

Startaplar, innovatsion texnologiyalar va vençur investitsiyalariga bağişlangan “T ...

11/24/2026 03:09:11 pm
“Özsanoatqurilişbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Şofirkon tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning çorvaçilik faoliyatini yölga ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 26.11.2026 17:16  
up