SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar


16.10.2026 13:54

SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) Kuzatuv kengashi raisi sifatidagi faoliyati yakunlandi. U 2024 yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘tgan davr mobaynida SQBda strategik rivojlanish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va xalqaro kapital bozorlaridagi ishtirokni kengaytirish borasida muhim natijalarga erishildi. Ushbu o‘zgarishlar Kuzatuv kengashi, Bank boshqaruvi va jamoaning o‘zaro hamkorligi, izchil faoliyati hamda umumiy maqsadlar yo‘lidagi saʼy-harakatlari samarasidir.

Korporativ boshqaruv – barqaror rivojlanish asosi

So‘nggi yillarda bankda xalqaro standartlar va ilg‘or tajribaga asoslangan korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Kuzatuv kengashi va Bank boshqaruvi o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib, strategik qarorlarni qabul qilish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda xatarlarni samarali boshqarish mexanizmlari rivojlantirildi.

Xususan, mustaqil korporativ va operasion boshqaruv tamoyillari mustahkamlandi. Kuzatuv kengashi huzuridagi ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar faoliyati orqali muhim qarorlarni har tomonlama ko‘rib chiqish va xolis nazoratni taʼminlashga qaratilgan yondashuvlar kuchaytirildi.

Bankning boshqaruv salohiyatini oshirish maqsadida risklar bo‘yicha direktor (CRO), moliya direktori (CFO) va sunʼiy intellekt bo‘yicha direktor (Chief AI Officer) kabi muhim lavozimlarga xalqaro tajribaga ega xorijiy mutaxassislar jalb etildi.

Amalga oshirilgan ishlar xalqaro ekspertlar tomonidan ham yuqori baholandi. Jumladan, PwC kompaniyasi o‘tkazgan mustaqil baholash natijalariga ko‘ra, SQBning korporativ boshqaruv tizimi 91 foizga baholandi.

Moliyaviy natijalar va xalqaro hamkorlik

Boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarida ham o‘z ifodasini topdi.

Jumladan, 2023-2025 yillarda bank aktivlari 73,3 trln so‘mdan 97,2 trln so‘mga, sof foydasi esa 856 mlrd so‘mdan 1,5 trln so‘mga yetdi. Xususiy kapital rentabelligi (ROE) 10,7 foizdan 15,7 foizga oshib, davlat banklari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

SQBning xalqaro kapital bozorlaridagi ishtiroki ham sezilarli darajada kengaydi. 2024 yilda London fond birjasida 580 mln AQSh dollari ekvivalentidagi xalqaro obligasiyalar, 2025 yilda esa 300 mln dollar miqdoridagi AT1 kapital instrumentlari muvaffaqiyatli joylashtirildi.

Shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik doirasida 900 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi. Ushbu resurslar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, kichik va o‘rta biznes, eksport faoliyati hamda barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Xalqaro eʼtirof – jamoaviy mehnat samarasi

Bank faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro moliyaviy nashrlar tomonidan ham eʼtirof etildi.

Xususan, “Euromoney” jurnali SQBni O‘zbekistondagi eng yaxshi bank, shuningdek, korporativ bank xizmatlari, ESG va ko‘chmas mulk yo‘nalishlarida eng yaxshi bank sifatida eʼtirof etdi.

“Asian Banking & Finance” jurnali esa bankni “Eng yaxshi mahalliy chakana bank” va “Eng yaxshi kichik va o‘rta biznesni kreditlash mahsuloti” nominasiyalarida taqdirladi.

SQB faoliyati uzoq muddatli strategiya, jamoaviy masʼuliyat va xalqaro tajribaga tayangan holda davom etmoqda. Erishilgan natijalar kelgusida bankning moliyaviy salohiyatini yanada mustahkamlash, xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Odilbek Isakovga Kuzatuv kengashi raisi sifatidagi faoliyati davomida muassasaning tizimli rivojlanishi va korporativ boshqaruvni takomillashtirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.






Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.10.2026 19:18  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит