
Joriy yil 13 noyabr kuni Özsanoatqurilişbank tomonidan «Rustam Bosimov International School» (RBIS) xususiy maktabining Toşkent şahridagi filialiga press-tur taşkil etildi.
«Özbekiston – 2030» strategiyasida nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantiriş, umumiy örta taʼlimga xususiy sektorni keng jalb etiş ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Şuningdek, bank tizimidagi islohotlarni jadallaştiriş, moliyaviy xizmatlar kölamini kengaytiriş va raqobatni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bu ikki yönalişning özaro boğliqligi xususiy taʼlim sohasidagi tadbirkorlik loyihalarida ham közga taşlanadi. Press-tur davomida jurnalistlar SQB mijozi bölgan RBISning öquv jarayoni, taʼlim dasturlari va öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdilar.

RBIS tarixi 2016 yilda taşkil etilgan «Rustam Bosimov» öquv markazidan boşlangan. Maktab asosçisi Rustam Bosimovning matematika olimpiadalarida orttirgan tajribasi va hududlardagi iqtidorli bolalarga sifatli taʼlim beriş istagi mazkur ğoyaga turtki bölgan.

– Dastlabki maqsadimiz matematikaga qiziquvçi yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning bilim va qobiliyatini rivojlantiriş edi, – deydi Rustam Bosimov. – Vaqt ötişi bilan faqat bitta fanni çuqur örgatişning özi etarli emasligini, bolalarga çet tillari, mustaqil fikrlaş va xalqaro taʼlim imkoniyatlariga tayyorgarlikni ham qamrab olgan yaxlit öquv muhiti zarurligini angladik. Şu tariqa öquv markazini umumtaʼlim maktabiga aylantiriş ğoyasi şakllandi.
Beş yillik tajriba asosida 2021 yil noyabrda Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida umumiy örta taʼlim maktabi oçildi. Dastlab 20 nafar öquvçi va 7 nafar xodim bilan iş boşlagan muassasaning Guliston kampusida bugun 630 nafar öquvçi tahsil olmoqda, xodimlar soni 100 nafarga etgan.
2026-2027 öquv yilida maktabning Toşkent filiali işga tuşirildi. Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan kampusda 1-11-sinflar uçun 19 ta sinfxona, laboratoriya, kutubxona, sport va faollar zallari hamda oşxona mavjud. Jurnalistlarga uşbu infratuzilmaning öquv jarayonidagi örni haqida maʼlumot berildi.

– Toşkent filialimiz joriy öquv yilida faoliyat boşladi, – deydi filial direktori Sarvar Qodiraliev. – Hozir 300 nafar öquvçiga möljallangan maktabda 200 nafar bola tahsil olmoqda, ularga 30 nafardan ortiq pedagog taʼlim beryapti. Qisqa vaqt içida dastlabki natijalar ham qayd etildi. Xususan, filialimizdagi uç nafar öquvçi IELTS imtihonidan 7,5 ball olişga erişdi.
RBISda milliy taʼlim standartlari xalqaro öqitiş usullari bilan uyğunlaştirilgan. Maktab maʼlumotiga köra, 5-sinfdan boşlab fanlar ingliz tilida öqitiladi, 1–9-sinflarda xitoy tili örgatiladi.
Öquvçilar SAT va IELTS imtihonlariga tayyorlanadi, AP dasturi asosida ayrim fanlarni çuqurlaştirib örganadi. Maşğulotlarda tanqidiy fikrlaş, axborot texnologiyalari va robototexnikaga ham örin berilgan. Öqituvçilarning kasbiy salohiyatini oşiriş uçun treninglar, oçiq darslar va dars sifatini baholaş tadbirlari ötkaziladi.
Maktab taqdim etgan maʼlumotlarga köra, 2022–2026 yillarda Sirdaryodagi Prezident maktabiga ajratilgan 120 örindan 73 tasini RBISda tayyorlangan öquvçilar egallagan. Jumladan, 2026 yildagi 24 örindan 14 tasi ular hissasiga töğri kelgan.

Muassasa tarbiyalanuvçilari xalqaro matematika musobaqalarida sovrinli örinlarni qölga kiritgani, IELTS imtihonida 8,0, SAT imtihonida esa 1600 ball natija qayd etilgani bildirilgan. Ayrim bitiruvçilar xorijiy universitetlarga töliq grant asosida qabul qilingan.
Maktabda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari va iqtidorli öquvçilar uçun bepul taʼlim grantlari hamda tölov çegirmalari mavjud. Ularni taqdim etişda bolaning bilim darajasi, öqişga intilişi va oilasining ijtimoiy holati inobatga olinadi.
Taʼlim muassasasini taşkil etiş va uning moddiy-texnik bazasini şakllantiriş uçun etarli moliyaviy mablağ zarur. Bu borada bank xizmatlari tadbirkorlik loyihalarini amalga oşirişning muhim vositalaridan biri hisoblanadi.
RBISning öquv markazidan ikki kampusli maktabgaça rivojlanişida ham Özsanoatqurilişbank kömagi muhim örin tutadi. Bank tomonidan «BOSIMOV RUSTAM RAXMATULLOYEVIÇ» MÇJ loyihasi uçun 3 mlrd söm kredit ajratilgan.
“Rustam Bosimov International School” xususiy maktabiga taşkil etilgan press-tur davomida filial direktori va öqituvçilar bilan qisqa suhbatlar ham ötkazildi.

– Maktabning asosiy maqsadi nimadan iborat? Öquvçilarni xalqaro taʼlimga tayyorlaşda qanday vazifalarni belgilagansiz?
– Maqsadimiz öquvçilarni faqat maktab dasturi bilan çeklab qöymasdan, dunyoning TOP-100 talikka kiruvçi universitetlarida tahsil olişga tayyorlaş. Buning uçun fanlarni çuqur örgatiş, çet tillarini özlaştiriş va xalqaro imtihonlarga tayyorgarlikni birgalikda olib boryapmiz.
– Toşkent filiali yaqinda iş boşladi. Dastlabki yutuqlar haqida nima deya olasiz?
– Qisqa vaqt içida uç nafar öquvçimiz IELTS imtihonidan 7,5 ball oldi. Yana bir 10 yoşli öquvçimiz respublika miqyosidagi ingliz tili olimpiadasida mutlaq ğolib bölib, «Tracker» avtomobilini qölga kiritdi. Bu natijalar bizga katta masʼuliyat yuklaydi.
– Pedagoglarni işga qabul qilişda nimalarga eʼtibor berasiz?
– Biz uçun diplom va fanni yaxşi bilişning özi etarli emas. Öqituvçining pedagogik mahorati, bilimni bolaga tuşunarli etkaza olişi va xalqaro talablarga mos tayyorgarligi muhim. Şu bois tegişli xalqaro sertifikatlarga ham alohida eʼtibor qaratamiz.
– Bugun ota-onalar xususiy maktab tanlaşda nimani ustuvor deb bilmoqda?
– Kuzatişimizça, ota-onalar uçun çiroyli bino va jihozlardan köra, taʼlim sifati muhimroq bölib bormoqda. Ular farzandi nimani örganayotgani, qanday natija körsatayotgani va kelajakda qaysi imkoniyatlarga ega bölişini bilişni istaydi.
– Nega aynan pedagoglikni tanlagansiz? Axir Xitoyda tahsil olgansiz. Bunday bilim va tajriba bilan yirik kompaniyalarda yuqori maoşli işda faoliyat yuritişingiz ham mumkin edi-ku?
– Pedagoglikni özimning haqiqiy kasbim deb bilaman. Qiziği, özim sakkiz yil davomida oliygohga kira olmaganman, ammo şu vaqtda abiturientlarga dars berib, ularni öqişga tayyorlaganman. Şogirdlarimning qariyb 90 foizi talabalikka qabul qilinardi. Özim esa sakkizinçi yili talaba bölganman. Şu jarayonda bir narsani angladim: men uçun eng katta yutuq — özim erişgan natija emas, bilimim orqali boşqalarning hayotida özgariş yasaş. Şuning uçun katta maoşdan köra, jamiyatga foyda keltiradigan kasbimga sodiq qolişni tanladim.
– Maktabda matematikadan kuniga tört soatgaça maşğulot ötilişi aytildi. Bolalar bundan zerikmaydimi?
– Matematikaga qiziqiş bola masalaning eçimini özi topgan paytdan boşlanadi. Öquvçi mavzuni tuşunib, mustaqil fikrlaşga örgansa, tört soatlik maşğulot ham unga oğirlik qilmaydi. Biz oddiy misollardan murakkab masalalarga bosqiçma-bosqiç ötamiz, har bir bolaning özlaştiriş darajasiga eʼtibor qaratamiz.
– Darsda öquvçilarning faolligini qanday oşiriş mumkin?
– Bolani tayyor javobni yodlaşga emas, eçimni mustaqil izlaşga örgatiş kerak. Şuning uçun qiziqarli topşiriqlar, öyin elementlari va interaktiv usullardan foydalanamiz. Öquvçi öz kuçi bilan natijaga erişgan sari fanga qiziqişi ortadi.
– Sizningça, erkak pedagogning öquvçilar tarbiyasi va taʼlimida öziga xos jihati nimada?
– Erkak pedagogning öziga xos jiddiyligi va vazminligi öquvçilarga bilvosita taʼsir körsatişi mumkin. Bola öqituvçining faqat gapiga emas, özini tutişiga, munosabatiga va masʼuliyatiga ham qaraydi. Biroq yaxşi pedagogni jinsi emas, bilimi, mahorati va öquvçi bilan işonçli munosabat örnata olişi belgilaydi.
– Öquvçilarni ingliz tiliga qiziqtirişda qaysi usullar samarali?
– Tilni faqat qoida yodlaş orqali örganib bölmaydi. Öquvçi uni amalda qöllaşi, erkin gapirişga harakat qilişi kerak. Şuning uçun darslarda suhbat, jamoaviy topşiriqlar va hayotiy vaziyatlar asosidagi maşqlarga köproq örin beramiz.
– Öquvçi bilan işlaşda eng muhim jihat nima?
– Avvalo, uni tinglaş va imkoniyatiga işoniş kerak. Har bir bolaning bilimni qabul qiliş surʼati har xil. Öqituvçining vazifasi faqat mavzuni tuşuntiriş emas, öquvçini savol berişga, mustaqil fikrlaşga va öz ustida işlaşga örgatişdir.HAMROH – xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kompaniyasi taşabbusi bilan yölga qöyilgan, Birlaşgan Mill ...
Uyimizdagi xotirjamlik köpinça oddiy ehtiyot çoralariga boğliq. Is gazining hidi ham, rangi ham yöq. Undan ...
Kuz-qiş mavsumida xonadonlarni issiq saqlaş, elektr energiyasi ta’minotida uzilişlarning oldini oliş va mavjud re ...
