“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsiyaviy bank xizmatlari departamenti tomonidan navbatdagi kapital bozori bo‘yicha tahliliy hisobot tayyorlandi. 2025-yil iyul oyi holatiga tayyorlangan ushbu tahlil mahalliy va xalqaro kapital bozorlarini o‘z ichiga olgan.
Hisobot quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: O‘zbekiston, MDH davlatlari va dunyoning yirik mintaqalaridagi iqtisodiy o‘sish, YAIM dinamikasi va asosiy iqtisodiy tendensiyalar tahlili.
Valyuta bozori: USD/UZS kursining o‘zgarishi, asosiy xalqaro valyutalardagi tendensiyalar va ularning bozor barqarorligiga ta’siri.
Davlat va xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori: Davlat qimmatli qog‘ozlari hajmi, daromadlilik egri chizig‘i va xalqaro qarz instrumentlarining asosiy ko‘rsatkichlari bahosi.
Pul bozori: O‘zbekistondagi banklararo va REPO bozorlari likvidligi, shuningdek, markaziy banklar tomonidan belgilangan asosiy foiz stavkalaridagi o‘zgarishlar tahlili.
Fond bozori sharhi: Mahalliy va xalqaro aksiyalar, ommaviy joylashtirishlar (IPO va SPO), shuningdek, fond indekslaridagi dinamikalarning tahlili.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tadbirkorlar va investorlar uchun dolzarb analitik materiallar bilan bo‘lishishda dav ...
Materialda 2025 yil I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahli ...
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Investitsion bank xizmatlari departamenti iqtisodiyot va moliya bozorlaridagi asosiy ...

