Bolalar – baxtimiz-iftixorimiz, ertangi kunimizning nurli umidi!


02.06.2025 16:33

Bolalar – baxtimiz-iftixorimiz, ertangi kunimizning nurli umidi!

O‘zsanoatqurilishbankda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

1-iyun – ​​yozning boshlanishi, o‘quv yilining yakunlanishi va, eng muhimi, bolalarning huquq v manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro kun sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan xodimlar farzandlari uchun bayramona dastur tashkil etildi.

Unga ko‘ra, dastlab kichkintoylar poytaxtimizdagi “Sky park” ko‘ngilochar maskanida attraksionlardan bahramand bo‘lib, turli o‘yin maydonchalarida vaqtini xush o‘tkazishdi.

Keyin esa ular uchun bankning “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan bosh ofisida qiziqarli yo‘nalishlarda mahorat darslari, interaktiv o‘yinlar hamda turli ertak qahramonlari ishtirokida shoular o‘tkazildi.

Raqsga chorlovchi kuy-qo‘shiqlar bayram shukuhini oshirgan bo‘lsa, nozu ne’matlar va shirinliklar bolajonlarning dam olish onini yana-da mazmunli qildi.

– Bolalar – baxtimiz-iftixorimiz, ertangi kunimizning nurli umidi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari – Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Muhabbat G‘afurova. – Mazkur tadbirni xodimlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, xususan, ularning farzandlari qalbini quvonchu shodlikka to‘ldirish va shu orqali jamoada birdamlik va fidoiylik muhitini yaratish maqsadida tashkil etdik.

Bundan tashqari, bolajonlarga Toshkent shahridagi “Ashxobod” istirohat bog‘iga chiptalar ham sovg‘a qilindi.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/27/2025 12:41:37 pm
Davlat tili – milliy iftixor va kasbiy mas’uliyat mezoni

SQBda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. ...

10/27/2025 12:36:13 pm
SQB Markaziy bank tashabbusi bilan o’tkazilgan “Bank va ma’rifat” forumida faol ishtirok etdi

Kitobxonlikni ommalashtirish Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlarning ajralmas qismiga aylangan. Ushbu tashab ...

09/15/2025 12:28:28 pm
Green Banking xodimlari Buxorodagi Bukhara Night Race 2025’da faol qatnashdi

2025-yil 13-sentabr kuni Buxoroda “Bukhara Night Race 2025” xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘t ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.06.2025 16:34  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo