«BookChallenge» g‘oliblari taqdirlandi
18.12.2025 16:05
SQB hamda “Mutolaa” hamkorligida o‘tkazilgan BookChallenge yakunlandi.
Onlayn test natijalariga ko‘ra aniqlangan g‘oliblarga pul mukofotlari hamda elektron kutubxonaga yillik obuna topshirildi:
1-o‘rin — Lobar Shakirova (Navoiy) — 15 mln so‘m
2-o‘rin — Alisher Shokirov (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi) — 10 mln so‘m
3-o‘rin — Sardor Tojitdinov (Andijon) — 5 mln so‘m
Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 340 mln so‘mni tashkil etdi. Shundan 310 mln so‘mlik qismi 4-o‘rindan boshlab 2 000 nafar ishtirokchiga premium obuna tarzida taqdim etildi.
«BookChallenge» yoshlar orasida mutolaa madaniyatini oshirish, bilimga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbus sifatida amalga oshirildi.
Bunday loyihalar jamiyatda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlab, bilimga asoslangan qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi.

152
Boshqa yangiliklar