DIQQAT SQB XODIMLARI UChUN INTELLEKTUAL TANLOV!


22.07.2021 11:03

DIQQAT SQB XODIMLARI UChUN INTELLEKTUAL TANLOV!

An'anaga muvofiq, #sqb_book_challenge aksiyasini davom ettirgan holda ajoyib tanlov o‘tkazamiz. Doimgidek, Sizdan kitob o‘qish, bizdan esa sovg‘alar.

Chellenj uchun tanlangan kitob: Jon Millerning «SOS! Savol ortidagi savol» kitobi, u ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilindi. 

Kitobning asosiy g‘oyasi: “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?”  “Aybdor o‘zi kim?” 

Odamda mas'uliyat hissi bo‘lmasligi aybni birovga to‘nkash, o‘zini jabrdiyda his etib norozi bo‘lish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab bo‘ladi. Agar mas'uliyatsizlik butun jamiyatda tarqalsa, jiddiy inqirozga olib keladi.  

Miller kitobda jiddiy savollarni qo‘yadi va shaxsiy mas'uliyatni rivojlantirish uchun tavsiya beradi. Kitobdagi saboqlarni o‘zlashtira olsangiz, hayotingizning barcha jabhalarida cheksiz muvaffaqiyatga erisha olasiz va sizni albatta yorqin kelajak kutadi

Kitobni o‘qib tugatish muddati - 15 avgust

G‘oliblar kitob yuzasidan tuzilgan 10 ta onlayn test yechish orqali aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblariga - Boshqaruv Raisidan maxsus diplom va pul mukofoti taqdim etiladi





Boshqa yangiliklar

07/30/2026 04:32:43 pm
SQBda yangi an’ana: eng yaxshilar e’tirof etildi

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, bank tarmoqlari o‘rtasida sog‘lom ...

03/10/2026 04:34:04 pm
“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” – Termizda

Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III ...

03/10/2026 04:30:59 pm
“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi hududlarda davom etmoqda

Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yord ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.05.2022 11:07  
up