Green Banking xodimlari Buxorodagi Bukhara Night Race 2025’da faol qatnashdi


15.09.2025 12:27

Green Banking xodimlari Buxorodagi Bukhara Night Race 2025’da faol qatnashdi

2025-yil 13-sentabr kuni Buxoroda “Bukhara Night Race 2025” xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu yil u ilk bor o‘tkazilgan Buxoro biennalesi bilan birgalikda tashkil etildi. “Bukhara Night Race” tun yugurishi 2022-yildan buyon o‘tkazilib kelinadi va sport, madaniyat hamda ijtimoiy mas’uliyat qadriyatlarini birlashtiruvchi yorqin an’anaga aylangan.

Ishtirokchilar shahar markazidagi Ark qal’asidan start olib, qadimiy Buxoroning yoritilgan ko‘chalari bo‘ylab – madrasalar, masjidlar, Kalon minorasi va savdo gumbazlari yonidan yugurishdi. 2025-yilda maršrut yangilandi va ilk bor yarim marafon masofasi qo‘shildi. Shuningdek, odatiy formatlar ham taqdim etildi: 5 km, 10 km, skandinavcha yurish, bolalar yugurishlari va plogging – chiqindi yig‘ish bilan birga yugurish.

Tashkilotchilar an’anaviy tarzda ijtimoiy va ekologik mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. “Avvalgidan tozaroq” dasturi bu yil ham amalga oshirilmoqda, plogging esa uning asosiy tashabbuslaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Green Banking departamenti xodimlari mamlakatda bunday loyihalarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashadi va o‘zlari ham faol ishtirok etishadi. Bu safar departamentdan Guliruxsor Roisheva ham yugurishda qatnashib, shaxsiy namunasi orqali barqaror rivojlanish qadriyatlariga, faol hayotiy pozitsiyaga va ekologiyaga e’tibor berishga sodiqligini namoyon etdi.

Samarkand Marathon seriyasiga kiruvchi barcha yugurish musobaqalari, jumladan “Bukhara Night Race”, SheRACES xalqaro tashabbusi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, ular yuqori xalqaro standartlarga muvofiq hamda teng huquqlar va inklyuziya tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Green Banking tashkilotchilarga va barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiradi hamda bunday tadbirlar ijtimoiy foydali amaliyotlarni shakllantirishga, madaniy meros va atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatni kuchaytirishga, shuningdek, O‘zbekistonda “yashil” tashabbuslarni targ‘ib etishga xizmat qilishiga ishonch bildiradi.



#GreenBanking #BukharaNightRace2025 

#SamarkandMarathon #AvvalgidanTozaroq 

#SheRACES #BarqarorRivojlanish #Ekologiya 

#IjtimoiyMasuliyat #YashilTashabbuslar #Buxoro #O‘zbekiston





Boshqa yangiliklar

10/27/2025 12:41:37 pm
Davlat tili – milliy iftixor va kasbiy mas’uliyat mezoni

SQBda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. ...

10/27/2025 12:36:13 pm
SQB Markaziy bank tashabbusi bilan o’tkazilgan “Bank va ma’rifat” forumida faol ishtirok etdi

Kitobxonlikni ommalashtirish Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlarning ajralmas qismiga aylangan. Ushbu tashab ...

06/02/2025 04:34:20 pm
Bolalar – baxtimiz-iftixorimiz, ertangi kunimizning nurli umidi!

O‘zsanoatqurilishbankda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘t ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.09.2025 12:30  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo