Jamoani birlashtiruvchi yurishlar: SQBning Risk-menejment departamentida birinchi shaxmat turniri qanday o‘tdi?


18.04.2025 16:34

Joriy yilning aprel oyida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Risk-menejment departamenti xodimlari o‘rtasida shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Bu bilan bank mutaxassislarining professional murabbiydan olgan ikki oylik sabog‘i natijasi sinab ko‘rildi.

Turnirda 14 nafar ishtirokchi, jumladan, Data Science xizmati va yosh iste’dodlarni rivojlantirish xabi talabalari o‘zaro kuch sinashdi.

Turnirning haqiqiy fayzi aynan Xab talabalari bo‘ldi. Ularning o‘z ustida ishlashga bo‘lgan intilishi, ishonchi va oldinni ko‘ra olish qobiliyati tajribali hamkasblarni ham ilhomlantirdi.

– Shaxmat – bu faqatgina mantiq va hisob-kitob emas, u – sabr, hurmat va kelajakni oldindan ko‘ra bilish san’atidir, – deydi Risk bosh direktori (CRO) Salavat Ismagilov. – Shaxmat o‘ynovchilar ana shu sifatlar bilan shakllanadi. Turnirimizda bu Xab talabalari misolida namoyon bo‘ldi.

G‘olib kubogi – musobaqaning eng kuchli ishtirokchisida qoldi. U bu sovrinni o‘zining strategik fikrlashi va sabr-toqati bilan munosib ravishda qo‘lga kiritdi.

Umuman, turnir faqatgina bellashuv emas, balki avlodlar uchrashadigan, korporativ madaniyat mustahkamlanadigan va o‘zaro hurmat, ta’lim hamda hamkorlik muhiti shakllanadigan maydonga aylandi.

 

Shaxmat mashg‘ulotlari haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 18:00 dan so‘ng muntazam o‘tkaziladi.

Qatnashish istagi bor xodimlar quyidagi raqam orqali muvofiqlashtiruvchi (Alimardon Xidirov)ga murojaat qilishi mumkin: +998 94-711-01-77.





Boshqa yangiliklar

03/10/2026 04:34:04 pm
“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” – Termizda

Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III ...

03/10/2026 04:30:59 pm
“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi hududlarda davom etmoqda

Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yord ...

03/10/2026 04:20:29 pm
SQB top-menejerlari uchun strategik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan “Team building” tashkil etildi

SQB top-menejerlari uchun strategik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan “Team building” tashkil etildi U ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.04.2025 16:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит