Ma'naviy yuksalish

Qoraqalpog‘istonning moliyaviy ta’limdagi yutug‘i


30.04.2025 12:41

Qoraqalpog‘iston Respublikasida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘tkazilgan respublika tanlovida O‘zsanoatqurilishbankka biriktirilgan maktab o‘qituvchisi – Madina Nurgaliyeva faxrli o‘rin egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Umumjahon pul haftaligi-2025” (“Global Money Week”) doirasidagi ta’lim dasturlari qizg‘in davom etmoqda.

Xususan, maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishda o‘qituvchilar o‘rni va roliga bag‘ishlangan respublika tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zsanoatqurilishbankka biriktirilgan 32-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Madina Nurgaliyeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlovda O‘zbekistonning barcha hududlaridan malakali pedagoglar ishtirok etdi. M.Nurgaliyevaning innovasion o‘qitish uslubi va moliyaviy bilimlarni yetkazish mahorati hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

Ta’kidlash joiz, bank ko‘magida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida:

Nukus shahridagi 9 ta maktabda moliyaviy savodxonlik to‘garaklari tashkil qilindi;

10 nafar malakali o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb etildi;

O‘quvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar va bank muassasalariga ekskursiyalar uyushtirilmoqda.

Bunday amaliy yondashuv bolalarning nafaqat moliyaviy bilimlarini oshirishga xizmat qilmoqda, balki ularda shaxsiy moliyani jamg‘arish, xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish va sarflash hamda iqtisodiy tahlil bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini ham shakllantirmoqda.

Qoraqalpog‘istonlik pedagoglarning keng miqyosli tanlovda erishgan yuqori natijalari mintaqada moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan islohotlar samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.

Mazkur jarayonda bank ishtiroki esa, uning jamiyatda moliyaviy ong darajasini oshirishdek muhim vazifalarga kamarbasta ekanligini namoyon etdi.


#SQB

#MoliyaviySavodxonlik

#Qoraqalpog‘iston

#GlobalMoneyWeek2025

#YangiRuhiyat

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/25/2025 03:37:17 pm
Milliy liboslar kuni” – milliy qadriyatlarga ehtirom!

O‘zsanoatqurilishbankda milliy qadriyatlarni ardoqlash, an’analarimizni keng targ‘ib etish maqsadida an’anaviy tarzda “M ...

04/18/2025 04:35:14 pm
Jamoani birlashtiruvchi yurishlar: SQBning Risk-menejment departamentida birinchi shaxmat turniri qanday o‘tdi?

Joriy yilning aprel oyida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Risk-menejment departamenti xodimlari o‘rtasida shaxmat tur ...

04/14/2025 03:17:12 pm
“SQB runners” – marafon yo‘llarida!

  Ertalabki tetiklik, toza havo va sport ruhi! EKOparkda o‘tkazilgan jismoniy mashg‘ulotlarda ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.04.2025 12:42  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo