Barcha kreditlar
Bank oldida muhim vazifa turibdi – O‘zbekiston iqtisodiyotining transformatsiyasiga ko‘maklashish. Bu jarayonga kredit stavkalarini pasaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazorat qilish va asosiy tarmoqlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash orqali ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Bank faoliyatining samaradorligini oshirish uchun kreditlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish va moliyaviy tahlil usullariga yagona yondashuvlarni ishlab chiqish va ularga rioya qilish muhimdir.
2025 yil 1 fevral kuni Risklar bloki xodimlari tomonidan «Moliyaviy tahlil» mavzusida birinchi Workshop sessiyasi tashkil etildi. Tadbirda Bankning turli bo‘limlaridan 60 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida biznes bo‘linmalari, kreditlarni ma’qullash departamenti, korporativ markaz, kichik biznes departamenti, o‘rta biznes markazi, komplayens-nazorat departamenti, qarzdorlik markazi, kredit monitoringi departamenti vakillari bor edi.
Tadbir davomida moliyaviy tahlil bo‘yicha amaliy keyslar ko‘rib chiqildi. Ularning asosiy yo‘nalishlari – kompaniyalarning rivojlanish nuqtalarini aniqlash, qo‘shimcha tahlil mezonlarini belgilash va ularning kreditlash yoki mijoz bilan hamkorlik qilish borasidagi qarorlarga ta’sirini o‘rganish.
Tadbirni Bankning risklar bo‘yicha bosh direktori Ismagilov S.F. ochdi, u Bankning asosiy ish yo‘nalishlarini belgilab, xodimlarning Bank faoliyatiga va moliyaviy natijalariga ta’siri qanday bo‘lishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.
Keyingi chiqish Bankning Anderrayting nazorati va garov ekspertizasi xizmati rahbari va o‘rinbosari, Tsipurka V.A. va Krupin S.V., tomonidan davom ettirildi. Ular kompaniyalarning faoliyat jarayoni, raqobat muhiti va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ta’sirini baholashning asosiy tamoyillarini muhokama qildilar.
Bunday Workshop sessiyalari – bu nafaqat trening, balki tajriba almashish va Bank bo‘limlari o‘rtasida moliyaviy tahlilning yagona standartlarini shakllantirish uchun muhim platforma. Bu nafaqat kreditlash, balki baholash, monitoring va nazorat jarayonlari uchun ham juda muhimdir.
Uchrashuvlar muntazam o‘tkaziladi, va biz har kuni ish faoliyatimizda duch kelayotgan dolzarb mavzularni muhokama qilishga intilamiz.
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida "O‘zsanoatqurilishbank"ning filiall ...
Joriy yilning 5-7-noyabr kunlari O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimizning shu yil 5 iyundagi “O‘zbekis ...