SQBda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan o‘quv-treninglar o‘tkazildi
03.11.2025 12:17
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan muassasaning markaziy va hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun o‘quv-trening mashg‘ulotlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi ana shunday mashg‘ulot bankning Yuridik departamenti xodimlari uchun tashkil etildi.
Trening doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish sohasidagi davlat siyosati, ustuvor yo‘nalishlar va xorijiy tajriba haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, bankda amal qilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish siyosati” kabi ichki hujjatlar mazmuni va ularning ahamiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.
Mashg‘ulotlar erkin muloqot shaklida o‘tdi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Trening yakunida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida test sinovlari ham o‘tkazildi.

59
Boshqa yangiliklar