Chet elga sayohat qilishni rejalashtiryapsizmi, onlayn xarid qilasizmi yoki valyutangizni xavfsiz saqlamoqchimisiz? SQB bankining xalqaro Visa va Mastercard kartalari istalgan holat uchun qulay yechim bo‘ladi. Kartalarni bank bo‘limlarida rasmiylashtirish mumkin — ham rezidentlar, ham norezidentlar uchun.
Qaysi birini tanlash kerak — Visa yoki Mastercard?
Har ikkala karta dunyo bo‘ylab ishlaydi, onlayn to‘lovlarga mos va 3D Secure texnologiyasi bilan himoyalangan.
Visa kartasi AQSH, BAA va Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa, dollar bilan hisob-kitob qilish uchun qulay.
Mastercard kartasi Yevropada kengroq qo‘llaniladi va yevroda to‘lov qilish uchun mos.
Chet elga chiqqanda maksimal qulaylik uchun ko‘plab mijozlar ikkala kartani birgalikda ochishni tavsiya etishadi.
SQB qanday kartalarni taklif qiladi
Visa: Classic, Platinum, Infinite
Mastercard: World, Black Edition, Elite
Premium kartalar (Visa Infinite, Mastercard Black Edition va Elite) quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
aeroportlardagi biznes-zallarga kirish, bonus dasturlari, sayohat sug‘urtasi va ustuvor xizmat ko‘rsatish.
Qaysi kartani qachon tanlash kerak
Visa Classic yoki Mastercard World — kundalik xarajatlar uchun
Visa Platinum — onlayn xaridlar va tez-tez safarga chiqadiganlar uchun
Visa Infinite, Mastercard Black Edition yoki Elite — maksimal qulaylik va servis qadrlanadigan holatlar uchun
Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin
Karta faqat SQB bankining bo‘limlarida rasmiylashtiriladi.
Rezidentlar uchun faqat pasport talab qilinadi
Norezidentlar uchun — pasport, vaqtinchalik ro‘yxatga olish va mahalliy telefon raqami
Karta 1–3 ish kuni ichida tayyorlanadi.
Rasmiylashtirish narxi — 30 000 so‘mdan boshlanadi, karta turiga qarab farq qiladi.
Batafsil ma’lumot
Qo‘shimcha ma’lumotni SQB bo‘limlaridan yoki quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin:
+998 71 200 43 43 yoki qisqa raqam 1180
Kartalar haqida to‘liq ma’lumot — www.sqb.uz saytida.

