Bank kredit berişni rad etişi mumkin bölgan Top-3 sabab

Bankning asosiy daromad manbalaridan biri - bu jismoniy şaxslarga kredit beriş. Şuning uçun, bugun kredit bozori turli tuman takliflar bilan tölgan va har bir mijoz uçun kuçli raqobat holatida işlamoqda. Bank ham sizga kredit berişdan sizdan kam bölmagan ravişda manfaatdor va örnatilgan foizlar bilan öz vaqtida kreditni qaytarişga qurbi yetadigan mijozlarga kredit ajratadi. Lekin, kredit beriş rad etiladigan vaziyatlar ham bölib turadi. Nimaga?

1.  Yomon kredit tarixi.

U sizning barça qarzlaringiz, ssudalaringiz va boşqa moliyaviy xarakatlaringiz xaqida holisona aytib beradi. Işonçingiz komil bölsin, bank albatta kredit tarixingizni tekşiradi. Agar siz barça şartlarni töliq bajargan bölsangiz, qarzlarni vaqtida söndirgan bölsangiz va umuman muammosiz mijoz bölgan bölsangiz, sizga mamnuniyat bilan yangi kredit beriladi.

Agarda sizda quydagilar bölsa, qiyinroq böladi:

  •  keçiktirilgan tölovlar, ayniqsa doimiy tölovlar

  •  vaqtida söndirilmagan avvalgi kreditlar, qarzlar yoki lizing böyiça majburiyatlar;

  •  yaqinda olingan va hali söndirilmagan kerdit.

Barça omillar tahlil qilingandan söng qaror qabul qilinadi. Şuning uçun, buziliş holatlari bölgan qisqa kredit tarixining, bir neça öz vaqtida yopilgan kredit tarixiga nisbatan imkoniyati kamroq.

Bu qatorga boşqa qonuniy tölovlarni ham kiritiş mumkin: jarimalar, sud undirmalari, soliqlar va yiğimlar, alimentlar va boşqalar. Agar sizda yuqorida keltirilgan punktlarning birortasini söndiriş bilan muammo bölsa, bu holat bank uçun sizning halol inson ekanligingiz haqida öylaşi uçun yaxşigina sabab bölişi mumkin. Bunday majburiyatlarning borligi , sizda kamroq mablagʻ qoladi deb hisoblanişi tabiy.

2. Kreditni tölaş uçun yetarli bölmagan oylik maoş Banklarda ham insonlar işlaydi va ular sizdan eng oxirgi tiyingaça “qoqib” olişni istamaydilar. Şuning uçun ham iş haqi, oilangiz xaqidagi maʼlumot va boşqa majburiy tölovlar haqidagi maʼlumotlar birma bir tekşiriladi – xodimlar sizning daromadingiz kreditni söndirişga yetarli ekanligini va şu bilan birga oç qolmasligingiz haqida bilişlari lozim. Agar sizning oilangiz katta bölib, qaramoğingizda odamlar bölsa, bilim olişga, uyning ijarasiga va boşqa harajatlarga köp pul sarf qilişingiz kerak bölsa, va şu bilan birga daromadingiz örtaça bölsa – sizga kredit berişni rad etişlari mumkin.

3. 12 oydan kam bölgan muddatga berilgan daromad haqidagi maʼlumotnoma Agar siz yaqindagina boşqa işga joylaşgan bölsangiz va u yerda juda bölmaganda hali bir yil işlamagan bölsangiz, bu ham bank uçun sizning tölov qobiliyatingiz haqida öylab körişiga sabab bölişi mumkin. Kredit beriş uçun hal qiluvçi mezonlardan biri bu – barqarorlik. Agar siz tez tez iş jolyingiz özgartirsangiz yoki katta tanaffuslar bilan işlasangiz bu ham bank uçun “taşvişli qönğiroqçalardan” biri bölişi mumkin. Öz özidan nega mijoz bir joyda uzoq işlamaydi, bu maʼsuliyatsizlik va hamma narsaga yuzaki yondashuv bilan boğliq emasmikin degan savolni keltirib çiqarişi mumkin.

Agar siz kredit oliş umidida bölsangiz, unda quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

  •  şuni yodda tuting, hammasi özaro boğliq va majburiyatlarni öz vaqtida söndiring. Doimo kredit töliq söndirilganligi haqida maʼlumotnomani oling;

  •  imkon qadar bir vaqtning özida yoki qisqa vaqt oraliğida bir neçta kreditlar olmang;

  •  rasmiy ravişda iş faoliyatini olib boring. Ana şunda siz nafaqat iş joyingizdan daromadingiz haqida maʼlumotnomani muammosiz olasiz, şu bilan birga iş stajingiz xaqida ham ğamxörliq qilib qöygan bölasiz, va lozim bölganda, davlat tomonidan öz xuquqlaringizni himoyasini ham taʼminlanişiga erişasiz.


Oxirgi yangilanish sanasi: 11.11.2026 14:29  
up