№ | Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari | |
1 | Maqsadi | Faoliyatni tashkil etish va/yoki kengaytirish maqsadida asosiy vositalar, maxsus texnikalar, uskunalar, jumladan zamonaviy laboratoriya sotib olish, qurilish ishlarini moliyalashtirish, jumladan qurilish uchun zarur materiallar sotib olish va boshqa to'lovlarni amalga oshirish, qurilish mahsulotlari eksportini qo'llab-quvvatlash hamda import o'rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarish, zamonaviy qurilish materiallari bozorini tashkil etish; Geologiya ishlarini amalga oshirish; Qazilma boyliklar uchun lisenziya xarajatlarini va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish. |
2 | Valyutasi |
UZS, USD, EUR, RUB |
3 | Moliyalashtirish manbalari |
Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim |
4 | Muddati |
Jalb qilingan mablag'lar - jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq. |
5 |
Mikdori | "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish tartibi bo'yicha belgilanadigan miqdorgacha ammo loyiha qiymatining 70% idan oshmagan miqdorgacha. |
6 |
Kredit asosiy qarz va foizlarni qaytarish grafigi va davriyligi | Har bir loyiha xususiyatidan kelib chiqib qaytarish jadvali o'rnatiladi. Bunda boshqa mablag'lar hisobidan ajratilgan kreditlar asosiy qarzi bo'yicha to'lov jadvali davriyligi imtiyozli davrdan so'ng har 3 oydan ko'p bo'lmagan oraliqda o'rnatilishi lozim. |
7 | Foizi |
Jalb qilingan mablag'lar hisobidan: Jalb qilingan moliya institutishartlari + bank marjasi (bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operasiyalarning foiz stavkalaridako'rsatilgan miqdorda) |
8 |
Mijoz |
Korporativ mijozlar |
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar | ||
9 | Mijoz faoliyati | Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan oshgan korxonalar |
10 | Loyihada mijozning ishtiroki | Kamida 30 bo'lishi kerak; |
11 | Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot (2-son shakl) boʻyicha foyda mavjudligi | Ijobiy |
12 | Kredit reytingi (layoqatliligi) | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha CC reytingdan kam boʻlmagan holda |
13 | Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo'yicha qarzdorligi | Barcha tijorat banklari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari bo‘lmasligi lozim |
14 | Soʻnggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga oʻtganlik holatlar soni | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan koʻp boʻlmagan holatda |
15 | Jami kredit taʼminoti: |
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) |
16 | Mulkiy taʼminot |
Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, qimmatli qog‘ozlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar |
17 | Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov buyicha qoʻyiladigan shartlar | Koʻchmas mulk - bankning ichki me'yoriy xujjatlarida belgilangan talablar asosida; Avtotransport vositalari - ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;
Maxsus texnikalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan; |
18 | Nomulkiy taʼminot | Kredit summasining 60%dan kam bo'lmagan miqdorda kafillik, sug'urta polisi, jamg'arma kafilligi
Ta'minot sifatida kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro'yxatidan o'tganiga bir yildan oshgan korporativ mijoz bo'lishi, kafillik summasi kafil korxona o'z mablag'lari manbalari (balans hisoboti -480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo'lishi, kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo'lmasligi lozim. |
Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati:
1. Ariza
2. Mijozning ta'sis xujjatlari va unga kiritilgan so'ngi o'zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/Nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
7. Sotib oluvchi bilan mahsulot etkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi.
8. Sotib olinayotgan asosiy vositalar narxining jahon bozori konyukturasiga mos kelishi bo'yicha akkreditasiyasidan o'tgan xalqaro konsalting kompaniyasining yoki "loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK xulosasi.
9. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik
iqtisodiy asosnoma.
10. Loyiha ekologik ekspertiza talab qilinadigan loyihalar toifasiga kirgan holatlarda ekologik xulosa.
11. Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lsa, unda:
a. qurilish arxitektura rejalashtirish topshirig'i
b. qurilishning smeta xujjati
с. smeta xujjatining ekspertizasi va boshqa qurilishga oid hujjatlar
12. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalarning nusi. Bunda bitim tuzuvchi taraflaridan biri Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya va Eron Respublikasiga (konteragent) tegishli bo'lsa, ular xalqaro huquqiy kompaniyalarining xalqaro sanktsiyalar ro'yxatida emasligi to'g'risidagi xulosasini taqdim etishlari kerak.
Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Kafil korxona ta’sis xujjatlari
2. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot
3. Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
4. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi
5. Kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining ijobiy roziligi
6. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl)
Ta'minot sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti.
2. Mulk egasining ta'sis xujjatlari (ta'sis shartnomasi, Nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa). Mulk jismoniy shaxsga tegishli bo'lsa – mulk egasining pasporti nusxasi;
3. Mulk egasining kreditning ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa).
4. Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning ro'yxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi)
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo'shimcha xujjatlar so'ralishi mumkin.