Ta'lim krediti


Kelajakingiz uchun bilimga sarmoya qiling!

"Ta'lim" krediti

Kredit miqdori

To‘lov-kontrakt asosida

Yillik stavka

14 % gacha

Kredit muddati

11 yilgacha

Imtiyozli davr

6 oy
Ta'lim kreditini qanday qilib olish mumkin?
Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling


Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang (unda ko`rsatilgan miqdor oliygoh hisobvarag`iga o`tkaziladi)

Yangi bilimlarga intiling!


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma

  • Pullik ta'lim shartnomasi

  • Kreditni ta'minlash bo'yicha hujjatlar

  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlik haqida ma’lumotnoma (agar tegishli bo‘lsa)

Kredit O'zbekiston Respublikasining 70 yoshgacha bo'lgan fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Kalkulyator
To'lov turini tanlang
Differensial
Kredit miqdori
Boshqa xizmatlar
Muddati

To'lov jadvali

*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Batafsil shartlar
  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar
  • Ta'minotga talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

Oʻzbekiston Respublikadagi barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oluvchi talaba va o‘quvchilarning kontrakt toʻlovi uchun


Kredit muddati:

rasmiy o‘qishni yakunlash sanasi + 6 oy imtiyozli davr + 7 yil

Kredit miqdori:

oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorigacha.

Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) hisobga olinadi: 

- “3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. Bunda, kredit toʻlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan toʻlangandan keyin  ajratiladi.

- “3” va undan yuqori boʻlgan taqdirda va (yoki) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi

Kredit foiz stavkasi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida (14 %).

Bunda, xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan ta’lim krediti boʻyicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

(Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgartirishsiz qoldiriladi)

Imtiyozli davr:

talabaning rasmiy o‘qishni tamomlashining belgilangan yakuniy muddati + 6 oy

To'lov grafigi:

differensial

Mahsulotni olish usuli:

toʻlov-kontrakt shartnomasiga asosan pul koʻchirish yoʻli bilan ajratiladi.



Hujjatlar

Ta'lim kreditlariga shartnoma

Yuklab olish
download

Jismoniy shaxsga bank kartasini ochish va ularga xizmat koʼrsatish boʼyicha ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

“SQB MOBILE” mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

Onlayn kreditlarni sug‘urtalash bo‘yicha ommaviy oferta

Yuklab olish
download
Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar
  •  ta’lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 70 yoshdan oshmagan (70 yosh ham kiradi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; 

  • doimiy ish joyiga, shu jumladan ish haqi, pensiya, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, shuningdek, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi.


Ta’minot talablari:
  • BHMning 200 baravarigacha – jismoniy shaxs kafilligi va/yoki sug‘urta polisi

  • 200 BHM dan ortiq – quyidagilardan biri garov sifatida:

    • Avtotransport (ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan)

    • Ko‘chmas mulk (turar joy bo‘lsa – ro‘yxatda hech kim turmasligi lozim)


Garov qiymati kredit summasining kamida 125% bo‘lishi lozim
(Aloqador shaxslar uchun – 130%)

Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Talaba bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt va hisob-varaqasi/faktura (mavjud bo‘lsa)

  • Rasmiy daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

  • Ta’lim krediti ta’minotiga doir hujjatlar

  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlik haqida ma’lumotnoma (agar tegishli bo‘lsa)          

Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.


Hujjatlar

Ta`lim krediti berish bo`yicha shartnoma

Yuklab olish
download
Ehtimol, sizni qiziqtirish mumkin
Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 % dan

Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun berilgan.

Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 17 % dan
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Oxirgi yangilanish sanasi: 13.11.2025 12:21  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo