Bayram kunlarida bankning ish jadvali


28.03.2025 13:36

Hurmatli mijozlar!

Sizni yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!

Shu munosabat bilan, O’zsanoatqurilishbankning ish jadvalida quyidagi o‘zgarishlar kiritilgan:

29-mart (shanba kuni) — dam olish kuni hisoblanadi, biroq ayrim navbatchi bo‘limlar soat 9:00 dan 16:00 gacha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishda davom etadi:

  • Valyuta ayirboshlash
  • Kommunal va bir martalik to‘lovlarni qabul qilish

  • 31-mart (dushanba kuni) — rasmiy dam olish kuni bo‘lib, bank bo‘limlari ishlamaydi.

    Navbatchi bo‘limlarning to‘liq ro‘yxati, manzillari va ish vaqti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: [havola].

    Eslatib o‘tamiz, asosiy bank xizmatlaridan SQB Mobile mobil ilovasi orqali, shu jumladan bayram va dam olish kunlarida ham foydalanishingiz mumkin. Bankomatlar uzluksiz ishlaydi va muntazam ravishda naqd pul bilan to‘ldirib boriladi.

    Qo‘shimcha savollar bo‘yicha 1180 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.




    Boshqa yangiliklar

    10/22/2026 04:30:06 pm
    SQB kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

    Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...

    10/22/2026 12:33:11 pm
    SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda

    Profilaktik tekshiruvlar sababli quyidagi manzillarda joylashgan SQB bankomatlari vaqtincha xizmat ko‘rsatmayapti ...

    10/21/2026 03:20:23 pm
    Mikro va kichik biznes uchun yangi “Mobil biznes” krediti

    Hurmatli mijozlar! Tayyor savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish, tadbirkorlikni rivoj ...


    Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2025 15:39  
    up