Eʼlon!


27.05.2022 15:12

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 30-iyundagi “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida”gi Nizomi (roʻyxat raqami: 3252)ning 159-bandida bank xizmatlari ofislari va  bank (filial) binosidan tashqari tashkil etilgan kassalarning faoliyatini tugatish Bank Boshqaruvi qarori asosida rasmiylashtirilishi belgilangan.
Ushbu hujjatga koʻra, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining joriy yil 18-maydagi 59/3-sonli qarori bilan soʻnggi davrda samarasiz faoliyat yuritayotgan muassasaning Surxondaryo mintaqaviy filiali qoshidagi 4-sonli hamda Toshkent shahri mintaqaviy filialiga qarashli Yunusobod bank xizmatlari markazidagi 1-sonli chakana amaliyotlar kassalari faoliyati tugatilayotganligini maʼlum qilamiz.




Boshqa yangiliklar

10/22/2026 04:30:06 pm
SQB kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...

10/22/2026 12:33:11 pm
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekshiruvlar sababli quyidagi manzillarda joylashgan SQB bankomatlari vaqtincha xizmat ko‘rsatmayapti ...

10/21/2026 03:20:23 pm
Mikro va kichik biznes uchun yangi “Mobil biznes” krediti

Hurmatli mijozlar! Tayyor savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish, tadbirkorlikni rivoj ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.05.2022 15:14  
up