Ehtiyot bo‘ling: Drop kartalar


03.02.2026 12:54

Hurmatli mijozlar!

Shuni ma’lum qilamizki, fuqarolarni “drop-kartalar” deb ataladigan noqonuniy sxemalarga jalb qilish holatlari ko‘paymoqda.

Mijoz nomiga rasmiylashtirilgan, lekin amalda boshqa shaxs tomonidan ishlatiladigan bank kartasi drop-karta deyiladi. Qoida tariqasida, karta egasi uni pul mukofoti evaziga yoki “vaqtincha foydalanish uchun” begona shaxslarga beradi. Keyinchalik bunday kartalardan jinoyatchilar noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, o‘g‘irlangan pul mablag‘larini o‘tkazish va naqdlashtirish uchun foydalanadilar.

Bank kartalari, ularning rekvizitlari va ularga kirish huquqini uchinchi shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmasligiga e’tiboringizni qaratamiz. Kartadan amalda kim foydalanishidan qat’i nazar, u bo‘yicha operatsiyalar uchun barcha javobgarlik karta egasiga yuklatiladi.

Agar kartangiz begonalar qo‘liga tushib qolgan bo‘lsa, quyidagilarni amalga oshirishingiz zarur:

  • kartani darhol bloklash;

  • bankning 1180 qisqa raqamli aloqa markaziga zudlik bilan xabar berish;

  • operatsiyalar tarixini tekshirish va zarur bo‘lsa, nizoli operatsiyalar bo‘yicha ariza topshirish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali, www.sqb.uz saytida yoki bankning eng yaqin ofislarida olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 04:30:06 pm
SQB kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...

10/22/2026 12:33:11 pm
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekshiruvlar sababli quyidagi manzillarda joylashgan SQB bankomatlari vaqtincha xizmat ko‘rsatmayapti ...

10/21/2026 03:20:23 pm
Mikro va kichik biznes uchun yangi “Mobil biznes” krediti

Hurmatli mijozlar! Tayyor savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish, tadbirkorlikni rivoj ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.02.2026 12:55  
up