Hurmatli mijozlar!


23.08.2023 11:23

Bank tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari orqali yangi biznes modellarni amaliyotga joriy etish ishlarini davomiyligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26 - 27 avgust sanalarida Amaliyot boshqarmasi tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB huzuridagi Amaliyot boshqarmasiga "Korporativ bank xizmatlari ofisi" maqomi berilishi rejalashtirilgan.

Ushbu sanalarda bank dasturiy ta’minotida ba’zi uzulishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilgan holda ushbu noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Amaliyot boshqarmasi maqomi o‘zgartirilishi munosabati bilan bank rekvizitlariga o‘zgartirish kiritilishini ma’lum qilamiz.

Biz uchun hurmatli va aziz bo‘lgan mijozlar, ushbu o‘zgarishlar sizga xizmat ko‘rsatuvchi filialimizning xizmat ko‘rsatish sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasligini kafolatlaymiz.

Joriy yilning 28 avgust sanasidan sizga va hamkorlaringizga xizmat ko‘rsatilgan bank tarmog‘i ma’muriy binosida, hisobvaraqlaringizga hamda o‘tkazmalaringizga mas’ul bo‘lgan ishchi xodimlar o‘z xizmat faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilamiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni filial mas’ul xodimlari, (78) 120-45-00 ichki raqam 14-05 va bank  Aloqa markazi orqali olishingiz mumkin.

 

Hurmat bilan,

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 04:30:06 pm
SQB kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...

10/22/2026 12:33:11 pm
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekshiruvlar sababli quyidagi manzillarda joylashgan SQB bankomatlari vaqtincha xizmat ko‘rsatmayapti ...

10/21/2026 03:20:23 pm
Mikro va kichik biznes uchun yangi “Mobil biznes” krediti

Hurmatli mijozlar! Tayyor savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish, tadbirkorlikni rivoj ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.08.2023 12:09  
up