“Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi Sanoat qurilish bankiga tegishli koʻp qavatli biznes markazining xalqaro savdo jarayoni boshlandi


08.08.2024 14:08

Avval xabar berilganidek, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tegishli “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʻp qavatli biznes markazlarining (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”/“Biznes markazi”) xalqaro ommaviy savdolar orqali sotilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan edi.

Mazkur Biznes markazini ilgʻor xorijiy tajriba asosida boshqarish hamda foydalanish malakasiga ega sohadagi xalqaro yirik institutsional va moliyaviy investorlarni jalb qilish, mulkiy majmualarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xalqaro sotish jarayonini amalga oshirish, shuningdek jahon yetakchi biznes nashrlari va xalqaro ofis tarmoqlari orqali keng qamrovli marketing kampaniyasini tashkillashtirish uchun “KPMG” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – KPMG) jalb qilingan.

Savdo jarayonining dastlabki bozordagi qiziqishni oʻrganish (Market sounding) bosqichi doirasida KPMG tomonidan Biznes markazi toʻgʻrisida tayyorlangan investitsion tizerlar sohadagi 170 dan ortiq yirik xalqaro va mahalliy investorlarga yuborilib, individual muloqotga kirishish orqali ularning Biznes markazlarni sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli yaʼni binoni toʻliq sotib olish yoki lotlarga boʻlgan holda sotib olish boʻyicha fikrlari oʻrganildi.

“Market sounding” doirasida sohadagi salohiyatli investorlarning Biznes markazining sotib olishga bildirgan qiziqishlarini, sotishga yondashuv mexanizmi boʻyicha bildirgan fikrlarini, sohadagi xalqaro investorni jalb qilish imkoniyatlarini inobatga olib, Biznes markazi yaxlit mulkiy majmualar sifatida sotiladi.

Biznes markazi toʻgʻrisida maʼlumot:
    “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni koʻp qavatli binosi
  • Umumiy maydoni: 82,284 kv.m.;
  • Qavatlarning umumiy soni:33
Sotish jarayoni toʻgʻrisida:

Savdo jarayonlari barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlgan muzokaralarga ommaviy taklif etish usuli orqali amalga oshiriladi.

Savdo jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan Cotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest), hamda Majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) taqdim etish bosqichlari.

Shu bilan birga, Biznes markazini baholash uchun “Katta toʻrtlik” (Big 4) turkumiga kiruvchi “Deloitte” xalqaro kompaniya jalb etiladi.

Sotish jarayonining joriy bosqichini amalga oshirish toʻgʻrisida:
    Qiziqish bildirish bosqichida ishtirokchilardan quyidagi maʼlumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari soʻraladi:
  1. 1. Ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (shu jumladan, STIR, faoliyat turi) va sotib olingan taqdirda Aktivdan foydalanish rejalari.
  2. 2. Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/taʼsischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
  3. 3. Oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha moliyaviy hisoboti
    1. Ushbu eʼlondan soʻng, Konsultant yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, KPMG xalqaro aloqalari orqali investitsiya tizerlarini tarqatish orqali marketing kampaniyasini davom ettiradi.
        Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar boʻyicha saralanadi:
      • Biznes markazining sotib olish uchun yetarli moliyaviy resurslari;
      • sotuv jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik, arbitraj yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
      • Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
      • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning aksiyadorlari/ishtirokchilarining hech biri davlat kompaniyasi yoki ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan kompaniya boʻlmasligi kerak;
      • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti/(lar) boʻlmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari boʻlmasligi lozim.
      Arizalarni qabul qilish tugallangandan soʻng, Konsultant tomonidan ishtirokchilarga tegishli xat (Process Letter) orqali keyingi jarayonning navbatdagi bosqichini tashkil etish toʻgʻrisida individual ravishda xabardor qilinadi.
        Ushbu loyiha doirasida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:
      • Saltanat Sandikbayeva, KPMG partnyori: SSandykbayeva@kpmg.com, tel.: +998 90 099 21 20;
      Sotish jarayonining kelgusi bosqichlari toʻgʻrisida:
      Keyingi Majburiyatga ega boʻlgan (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga oʻtgan potensial investorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanadi va majburiyatga ega boʻlgan tijorat takliflarini tayyorlash uchun Aktiv faoliyati toʻgʻrisidagi KPMG tomonidan tayyorlangan kompleks tahliliy maʼlumotlar (Due-diligence) saqlanadigan virtual maʼlumotlar xonasiga (VDR) kirish taʼminlanadi.Shuningdek, Biznes markazlariga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organiga savollar berish imkoniyati yaratiladi.
      Sotuv jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.





Boshqa yangiliklar

09/16/2026 04:49:49 pm
NEW GENESIS uylarini «Universal hamkor» ipotekasi orqali xarid qiling

Hurmatli mijozlar! SQB NEW GENESIS MCHJ tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qili ...

09/15/2026 05:25:32 pm
«ISHONCH» krediti shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan «ISHONCH» krediti shartla ...

09/14/2026 05:45:00 pm
UZCARD’ning «Omad mavsumi 2.0» aksiyasida sovrinlarni yutib oling

Hurmatli mijozlar! UZCARD to‘lov tizimi barcha karta egalarini, jumladan, SQB tomon ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 08.08.2024 16:08  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит