Toshkent viloyati mintaqaviy filiali yangi manzilga ko`chirildi


01.02.2021 09:29

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2018 yil 5 yanvardagi navbatdan tashqari sessiyasida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 avgustdagi №01-05/1-116-sonli “Toshkent viloyatida oʻtkazilgan sayyor yigʻilish” bayonida berilgan topshiriqlarga muvofiq, tijorat banklarining viloyat hududiy boʻlinmalari uchun Nurafshon shahrining bosh rejasiga asosan maʼmuriy binolarini qurish belgilangan.

Mazkur topshiriqlarga binoan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent viloyat mintaqaviy filialining Nurafshon shahridagi yangi binosi qurib bitkazilganligi sababli Bank Boshqaruvining 2021 yil 27 yanvardagi 11/1-sonli qarori asosida uning Toshkent viloyat mintaqaviy filiali Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Obod” MFY, Toshkent yoʻli koʻchasi, 40-uyda joylashgan binoga koʻchirilayotgani maʼlum qilinadi.

Shu munosabat bilan, Bankning Toshkent viloyat mintaqaviy filiali tomonidan jismoniy va yuridik shaxs maqomidagi mijozlardan filial bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlarini davom ettirish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari hamda tashrif buyurishlari soʻraladi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
Toshkent viloyati mintaqaviy filiali manzili: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Obod” MFY, Toshkent yoʻli koʻchasi, 40-uy






Boshqa yangiliklar

10/22/2026 04:30:06 pm
SQB kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...

10/22/2026 12:33:11 pm
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekshiruvlar sababli quyidagi manzillarda joylashgan SQB bankomatlari vaqtincha xizmat ko‘rsatmayapti ...

10/21/2026 03:20:23 pm
Mikro va kichik biznes uchun yangi “Mobil biznes” krediti

Hurmatli mijozlar! Tayyor savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish, tadbirkorlikni rivoj ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.02.2021 10:11  
up