Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamizki, 2026-yil 9-yanvardan boshlab Bank infratuzilmasida Discover Global Network xalqaro to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Discover® va Diners Club International® karta egalari quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
— UZCARD to‘lov tizimiga ulangan bankomatlardan naqd pul mablag‘larini yechib olish;
— Bankning ekvayer tarmog‘iga kiruvchi to‘lov terminallari orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.
Mazkur xizmat ekvayer infratuzilmasi funksional imkoniyatlarini kengaytirish doirasida joriy etilgan bo‘lib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish qulayligini oshirishga qaratilgan. Batafsil ma’lumotlarni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali, shuningdek, Bankning eng yaqin ofislaridan olishingiz mumkin.
Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...
Profilaktik tekshiruvlar sababli quyidagi manzillarda joylashgan SQB bankomatlari vaqtincha xizmat ko‘rsatmayapti ...
Hurmatli mijozlar! Tayyor savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish, tadbirkorlikni rivoj ...

