Hurmatli mijozlar!
Ma’lum qilamiz, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda bank kartalari bo‘yicha keshbek xizmati joriy etildi.
Mazkur xizmat doirasida bank kartalari orqali tovar va xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning bir qismi mijoz hisobvarag‘iga keshbek ko‘rinishida qaytariladi.
Keshbek Uzcard, Humo, Visa va MasterCard to‘lov tizimlarida emissiya qilingan bank kartalari orqali amalga oshirilgan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar (retail operatsiyalar) bo‘yicha hisoblanadi.
Hisoblangan keshbek summasi har oyda — oyning birinchi ish kunida mijozning bank kartasiga o‘tkaziladi.
Mazkur xizmat uchun qo‘shimcha komissiya undirilmaydi.
E’tibor bering, keshbek naqd pul yechib olish, pul o‘tkazmalari, P2P operatsiyalari, naqd pulga tenglashtirilgan operatsiyalar, kredit to‘lovlari, shuningdek tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarga kirmaydigan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisoblanmaydi.
Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali yoki bankning eng yaqin ofislarida olishingiz mumkin.
Hurmatli mijozlar! Amaldagi kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilga ...
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Hurmatli mijozlar! SQB veb-saytida «JAC-Avto imkon», «Istiqbol» va «Oila va yoshlar tadbirkori» kre ...

