Davlat dasturlari ijrosi

Avstriya kompaniyasi tomonidan Samarqandda yirik loyiha amalga oshiriladi


02.05.2023

Joriy yilning 27-28-aprel kunlari poytaxtimizda boʻlib oʻtgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida koʻplab sohalar qatorida qurilish materiallari yoʻnalishida ham xalqaro kelishuvlar imzolandi.

Xususan, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Avstriyaning “LASSELSBERGER GROUP” kompaniyasi oʻrtasida keramik plita, quruq qurilish qorishmalari va mikrokalsit ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish boʻyicha anglashuv memorandumi tuzildi.

Loyihani tatbiq etish uchun uyushma tomonidan texnik-iqtisodiy asoslamalar tayyorlanadi, biznes reja ishlab chiqiladi va xom ayosh konlari haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Investitsiya loyihasi Samarqand viloyatida amalga oshiriladi. Uning umumiy qiymati 170 mln. dollariga teng.

Taʼkidlash joiz, Prezidentimiz rahbarligida oʻtgan yil 7-noyabrda mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan birgalikda qurilish materiallari ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi boʻlgan davlatlar bilan hamkorlik oʻrnatish vazifasi topshirilgan edi.

Shu maqsadda Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash boshchiligida yil boshidan buyon qator Yevropa mamlakatlari yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

03/06/2024 02:17:11 pm
Qaror ijrosi doirasida

O'zsanoatqurilishbank Axborot xizmati yangi loyihani e'tiboringizga havola etadi. Unda hududlarda amalga oshirilishi rej ...

02/15/2024 06:13:24 pm
O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligidagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bosh direktori Nazim G ...

01/22/2024 05:06:12 pm
Qurilish materiallari sanoati: mas’ullik, harakat va natija

Qurilish materiallari sanoati: mas’ullik, harakat va natija O‘zsano ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.05.2023 14:14  
up