Davlat dasturlari ijrosi

Bandlik sohasida “mahallabay”, “xonadonbay” ishlar samarasi


12.08.2024 12:42

Joriy yilning birinchi yarmida Navoiy viloyatida O‘zsanoatqurilishbankka biriktirilgan 20ga yaqin mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar ko‘lami ortmoqda. Bu borada tijorat banklarining jalb qilingani alohida ahamiyatga molikdir. Moliya muassasalari aholiga nafaqat bank mahsulotlarini taklif qilmoqda, balki ular bilan yuzma-yuz muloqotlar uyushtirib, tadbirkorlik sohasiga oid muammolarni hal qilishga ko‘maklashmoqda, har bir xonadon imkoniyatidan kelib chiqib loyiha paketlari yetkazib bermoqda.

Xususan, joriy yilning birinchi yarmida Navoiy viloyatida bankka biriktirilgan 20ga yaqin mahallalardagi 133 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi. Ularni tadbiq etish uchun 2,3 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, 373 nafar aholi bandligi ta’minlandi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 306-sonli qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida esa, 103 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 361 ta ish o‘rni barpo etildi. 8,7 mlrd. so‘mlik kredit ajratish hisobiga 260 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada ushbu hududda 470dan ortiq aholi qatlami ish bilan ta’minlandi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida esa, bank tomonidan ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi.

“Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.

Shundan “Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha hisobot davrida 386 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 4,3 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.

Joylarda 600ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ulardan kelib tushgan murojaatlarni hal etish choralari ko‘rildi.

Ayni paytda ushbu sa’y-harakatlar yil yakunga qadar belgilangan reja va maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida davom ettirilmoqda.

Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarini hal qilish va faoliyatini kengaytirishga har tomonlama qo‘maklashish maqsadida hududdagi mas’ul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida “Biznesga omad” kredit mahsuloti asosida bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 360 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.

Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa 250 ta yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

06/24/2025 12:10:33 pm
Tomorqa – daromad manbai, ozuqa – eksport poydevori: SQB’ning agrosanoatdagi tashabbusi

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Beruniy-agro star” hamda Andijon viloyatidagi “Asaka a ...

06/09/2025 02:47:21 pm
Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy sanoat va tadbirkorlni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

Hurmatli tadbirkorlar! Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy sanoatim ...

05/16/2025 12:56:53 pm
Energiya samaradorligi – iqtisodiy yuksalish garovi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiyotning o‘sishiga, balki uning barqaror va samara ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.08.2024 16:59  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo