“Biznesga birinchi qadam”: bankning shu turdagi kreditlari aholi uchun manfaatli bo‘lmoqda


15.08.2024 12:42

O‘zsanoatqurilishbank xodimlarining uyma-uy yurib, aholiga taklif qilayotgan loyiha va imtiyozli kredit paketlari Angren shahri “Samarcho‘g‘” mahallasida istiqomat qiluvchi Shavkat Ernazarov xonadoni uchun ham kutilmagan quvonchli xabar bo‘ldi. Qo‘ychilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadon ahli 15 sotixli tomorqasidan to‘liq foydalanishga, 2 nafar oila a’zosini band qilishga va oylik daromadini 2,5 mln. so‘mdan 5,5 mln. so‘mga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan imtiyozli resurslar, mexanizm va yengilliklardan foydalanish samaradorligi yanada oshdi. Aholi bandligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida rasmiy band bo‘lgan fuqarolarni rag‘batlantirish tizimi takomillashtirildi. Bu borada mutasaddilarga davlatimiz rahbarining shu yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari dasturilamal bo‘lmoqda.

Shu maqsadda bank tomonidan ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi. “Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.

Joriy yilning birinchi yarmida bankning Toshkent viloyati hududiy tarmoqlari tomonidan “Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha 1 704 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 24,8 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.

Hududda bankka biriktirilgan 110ga yaqin mahallalardagi 760dan ortiq xonadonlarga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi. Ularni tadbiq etish uchun 10,8 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, 1 600dan ziyod aholi bandligi ta’minlandi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida esa, 295 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 1 704 ta ish o‘rni barpo etildi.

36 mlrd. so‘mlik kredit ajratish hisobiga 1 134 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada viloyatda 2250dan ortiq aholi ish bilan ta’minlandi.

Joylarda tashkil qilingan uchrashuvlarda 3100dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi. Ulardan kelib tushgan 190 ta murojaatning barchasi ijobiy hal etildi.

Bank tomonidan yil yakuniga qadar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar yanada faol davom ettirilmoqda. Bu borada reja va maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.

Xususan, unga ko‘ra, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarini hal qilish va faoliyatini kengaytirishga har tomonlama qo‘maklashish maqsadida hududlarda mas’ul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar o‘tkaziladi.

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida “Biznesga omad” kredit mahsuloti asosida bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablag‘lari ajratiladi.

Bundan tashqari, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 2 160 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.

Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa 928 ta yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

01/14/2026 04:11:34 pm
O‘zsanoatqurilishbank sirdaryolik tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish ha ...

11/20/2025 12:44:32 pm
Navoiy viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Karmana tumanidagi namunaviy loyiha

Prezidentimiz tomonidan belgilangan aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kichik ...

11/03/2025 12:33:45 pm
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) rahbariyati aholi bandligi va muammolarini o‘rganish uchun joylarga chiqdi

Ushbu tashabbuslar Prezidentimiz boshchiligida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.08.2024 17:01  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo